Afrika taraqqiyot banki
Qiyofa
Afrika taraqqiyot banki (African Development Bank) — Afrika mamlakatlarining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish dasturlarini kredit bilan taʼminlaydigan davlatlararo mintaqaviy bank. 1963-yilda tashkil etilgan. 1967-yildan boshlab faoliyat olib boradi. Boshqaruvi Abidjon shahrida (Kotd’Ivuar Respublikasi). Unga Afrikaning 50 mamlakati, boshqa mintaqalardan 25 mamlakat aʼzo, shu jumladan, Yugoslaviya, Xitoy. 1980-yillar oxirida ustav kapitali 6,5 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi, uning 2/3 qismi Afrika davlatlariga tegishli. Ikki filiali bor: Afrika taraqqiyot fondi va Nigeriya trast fondi. Kreditlarning yarmidan koʻprogʻi qishloq xoʻjaligi va infratuzilmalarga yoʻnaltiriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |