Alpaslan Öztürk

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alpaslan Öztürk
Öztürk 2013-yilda tasvirlangan
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alpaslan Öztürk[1]
Tavallud sanasi 16-iyul 1993-yil (1993-07-16) (30 yosh)[1]
Tavallud joyi Antwerp, Belgium
Boʻyi 1.86 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Defender / Right back/ Midfielder
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Eyüpspor
(on loan from Galatasaray)
Raqami 5
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Berchem Sport
Germinal Beerschot
2009-2011 Birmingham City
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2011-2013 Beerschot 41 (1)
2013-2017 Standard Liège 11 (0)
2014-2015 →Kasımpaşa (loan) 33 (0)
2015-2016 → Eskişehirspor (loan) 15 (0)
2017-2018 Elazığspor 32 (8)
2018-2021 Göztepe 64 (12)
2021 Galatasaray 8 (0)
2022 → Eyüpspor (loan) 0 (0)
Milliy terma jamoa
2010 Turkey U18 2 (0)
2010-2011 Belgium U18 7 (0)
2011-2012 elgium U19 11 (1)
2012 Belgium U21 5 (1)
2013 Turkey U20 7 (1)
2013-2014 Turkey U21 5 (0)
2014 Turkey B 1 (0)
2021 Turkey 1 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(14-mart uchun)

Alpaslan Oʻzturk — futbolchi (1993-yil 16-iyulda tugʻilgan) — Belgiyada tugʻilgan turkiyalik professional futbolchi, Eyüpspor va Turkiya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi va yarim himoyachisi sifatida top suradi.

Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oʻzturk klubdagi faoliyatini „Beerschot“ bilan Angliyaning „Birmingem City“ klubiga qoʻshilishdan oldin boshlagan va u yerda ikki yil asosiy jamoada oʻynamagan edi. Keyin u Beerschotga qaytib, 2012-yilning yanvar oyida birinchi jamoadagi debyutini oʻtkazadi.

Shartnomasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub 2013-yilda Pro-ligadan tushib ketgani va keyinchalik bankrot boʻlganidan soʻng, barcha oʻyinchilarni shartnomadan mahrum qilgandan soʻng, Oʻzturk „Standart Liej“ bilan shartnoma imzolaydi. U 2015-2016-yilgi mavsumni Turkiyaning boshqa bir klubi — Eskishehirsporda ijarada oʻtkazgunga qadar bir yarim mavsumga Turkiya Superligasining Kasımpasha klubiga ijaraga berilgan edi. "Elaziğspor" da qisqa muddatli faoliyatdan soʻng u 2018-yilda „Göztepe“ bilan shartnoma imzolaydi.

U ota-onasining tugʻilgan joyi boʻlgan Turkiya sharafini 18 yoshidan tortib, 21 yoshgacha, A2 darajasida va oʻzi tugʻilgan mamlakat Belgiyani esa 18 yoshidan boshlab 21 yoshgacha himoya qilib kelgan.

Klubdagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avvalgi hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Öztürk Belgiyaning Antverpen shahrida tugʻilgan, uning kelib chiqishi asli turk[2]. U 12 yoshida Germinal Beerschotga qoʻshilishdan oldin u Berchem Sportdagi yoshlar tizimining bir qismi boʻlgan edi[3]va keyin 2009-yilda Birmingem City Yoshlar Akademiyasiga qoʻshilish uchun Angliyaga koʻchib oʻtadi. U 18 yoshgacha boʻlgan va zaxira jamoalarida muntazam oʻynadi va 2011-yil mart oyida Bolton Wonderersga qarshi Angliya Kubogining 6-raundida oʻyin oldidan birinchi jamoa tarkibiga raqam beriladi[2]. Stiven Karr va Rojer Johnson jarohati tufayli yoʻqligi va Liam Ridjvell startga yetarli darajada mos kelmaganligi sababli, Oʻzturk oʻsha oʻyinda zaxira oʻrinbosarlari qatoriga kiritildi, ammo foydalanilmay qoladi[4].

Oʻrtoqlik uchrashuvi[tahrir | manbasini tahrirlash]

U 2011-yilda Irlandiyaga mavsumoldi tashrifi uchun Birmingem jamoasi tarkibida boʻlgan va „Kork City“ ga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvining ikkinchi yarmini oʻtkazgan[5]. 2011-yilning avgustida u klubni tark etadi. Xabar qilinishicha, Birmingem va Beerschot oʻrtasida kompensatsiya toʻlovini tuzishning oʻzaro maqbul usuli boʻyicha kelishuvga erishilmaganligi sabab boʻlgan[6].

Xalqaro faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Man in red sports clothing wearing gloves
2013-yilda Turkiya U21 terma jamoasi bilan

Oʻzturk 2010-yilning noyabr oyida Turkiyaning 18 yoshgacha boʻlgan yoshlar terma jamoasi safida debyutini germaniyalik hamkasblariga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan va ikki kundan keyin oʻsha raqibga qarshi zaxiradan maydonga tushgan edi[7]. 2011-yil yanvar oyida u oʻzining vatani Belgiyaning 18 yoshgacha boʻlgan terma jamoasiga saylanadi va Fransiya U18 ga qarshi ikkita oʻrtoqlik oʻyinida, asosiy oʻn birinchi oʻrinni egallaydi. U bir necha haftadan soʻng Estoniya U18 ga qarshi oʻrtoqlik oʻyinlarida yana ikki marta[8]va yana ikki marta 2011-Slovakiya kubogida maydonga tushib top suradi[9].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. 1,0 1,1 „Player Details: Alpaslan Öztürk“. Turkish Football Federation. Qaraldi: 2011-yil 9-fevral.
  2. 2,0 2,1 „Ozturk promoted to first team squad“. Birmingham City F.C. (2011-yil 11-mart). 2011-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Goderis. „Voetbalkanjers: Alpaslan Ozturk“ (Dutch). Voetbalkrant (2008-yil 24-mart). Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  4. „Birmingham 2 Bolton 3“. Express & Star (2011-yil 12-mart). Qaraldi: 2013-yil 23-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
  5. „Cork City 0 Blues 1“. Birmingham City F.C. (2011-yil 16-iyul). 2011-yil 20-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
  6. Tattum, Colin. „Hughton insists Blues want a long stay in the Europa League“. Birmingham Mail (2011-yil 17-avgust). Qaraldi: 2016-yil 27-iyun.
  7. „Match Details: 16.11.2010: Germany 4 Turkey 2“. Turkish Football Federation. Qaraldi: 2011-yil 9-fevral.

    „Match Details: 18.11.2010: Germany 2 Turkey 0“. Turkish Football Federation. Qaraldi: 2011-yil 9-fevral.
  8. „Moins de 18 ans: Rapports de matches“ (French). Royal Belgian Football Association. 2006-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-aprel.
  9. „Slovakia Cup 2011“. Royal Belgian Football Association. 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 19-iyul.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Alpaslan Öztürk at the Turkish Football Federation.
  • Alpaslan Öztürk at the Royal Belgian Football Association.
  • Alpaslan Öztürk — UEFA competition record (archive).
  • Alpaslan Öztürk — FIFA competition record (archived).
  • Alpaslan Ozturk at Soccerbase.
  • „Profile at Birmingham City F.C. (bcfc.com)“. 2011-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 2-iyul.

  • Alpaslan Öztürk at Soccerway.