Almourol qal’asi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Almourol qal’asi (portugalcha: Castelo de Almourol) ― Teju daryosining oʻrtasidagi kichik qoyali orolda, (portugalcha: Tejo) Portugaliyaning naq oʻrtasida joylashgan.

Almourol joylashgan qoyali orol qadimdan strategik ahamiyatga ega boʻlib, daryo boʻylab suv yoʻlini nazorat qiladi. Arxeologik qazishmalarga koʻra, birinchi istehkomlar bu erda miloddan avvalgi I asrda paydo boʻlgan. Keyinchalik bu yerda avval alanlar, vestgotlar va oxir-oqibat, mavrlarning istehkomlari paydo boʻldi. Shunisi aniq maʼlumki, Portugaliyaning birinchi qiroli Afonso I Enrikesning askarlari 1129-yilda bu yerlarda paydo boʻlganida, orolda allaqachon Mavriy qal’asi mavjud boʻlgan.

Hozirgi qal’a Tampliyelar tomonidan 1160-1171 yillarda ularning asosiy qarorgohi Tomar qal’asi yaqinida qurilgan. 1312-yilda ritsarlik ordenining tarqatib yuborilishi bilan qal’a boʻsh boʻlib qoldi. XIX-asrda romantik vatanparvarlar qal’ani xarobalardan tiklashni boshladilar. Qayta qurilgan qal’aning oʻrta asr prototipi bilan umumiyligi juda oz. Shunga qaramay, u Portugaliyaning milliy yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan (1910-yil 16-iyun). 1940-1950-yillarda qal’a — Salazar qarorgohlaridan biri sifatida qayta tiklandi.

Adabiyotda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qal’a Palmeyrin tsiklining eng yaxshi romanida — "Ingliz Palmeyrin yilnomasi"da (1544 yilgacha) eslatib oʻtilgan. Qal’ada hikoyaning qahramoni Miragvarda (Miraguarda) boʻlgan edi. Aynan oʻsha joylardagi voqealar tavsifi tufayli Servantes Don Kixot kutubxonasidagi bu kitobni yoqib yuborishdan saqlashga qaror qildi: „Miragvarda qal’asidagi barcha sarguzashtlar ajoyib va mohirona oʻylab topilgan, uslubi nafis va aniq, nutqlar esa so‘zlovchilarning xarakteri va pozitsiyasiga mohirlik va did bilan moslashtirilgan“[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Сервантес 2003.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Мигель де Сервантес Сааведра. Хитроумный идальго Дон Кихот Ламанчский : в 2 т. / Отв. ред. Н. И. Балашов, сост. прим. С. И. Пискунова. — Научное юбилейное издание к 400-летию «Дон Кихота Ламанчского». — М. : Наука, 2003. — Т. 1. — 719 с. — (Литературные памятники ; № 504). — 2000 экз. — ISBN 5-02-011687-4.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]