Almaurol qal’asi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Almourol qal’asi (portugalcha: Castelo de Almourol) ― Teju daryosining oʻrtasidagi kichik qoyali orolda, (portugalcha: Tejo) Portugaliyaning naq oʻrtasida joylashgan.

Almourol joylashgan qoyali orol qadimdan strategik ahamiyatga ega boʻlib, daryo boʻylab suv yoʻlini nazorat qiladi. Arxeologik qazishmalarga koʻra, birinchi istehkomlar bu yerda miloddan avvalgi I asrda paydo boʻlgan. Keyinchalik bu yerda avval alanlar, vestgotlar va oxir-oqibat, mavrlarning istehkomlari paydo boʻldi. Shunisi aniq maʼlumki, Portugaliyaning birinchi qiroli Afonso I Enrikesning askarlari 1129-yilda bu yerlarda paydo boʻlganida, orolda allaqachon Mavriy qal’asi mavjud boʻlgan.

Hozirgi qal’a Tampliyelar tomonidan 1160—1171-yillarda ularning asosiy qarorgohi Tomar qal’asi yaqinida qurilgan. 1312-yilda ritsarlik ordenining tarqatib yuborilishi bilan qal’a boʻsh boʻlib qoldi. XIX-asrda romantik vatanparvarlar qal’ani xarobalardan tiklashni boshladilar. Qayta qurilgan qal’aning oʻrta asr prototipi bilan umumiyligi juda oz. Shunga qaramay, u Portugaliyaning milliy yodgorliklari roʻyxatiga kiritilgan (1910-yil 16-iyun). 1940—1950-yillarda qal’a — Salazar qarorgohlaridan biri sifatida qayta tiklandi.

Adabiyotda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qal’a Palmeyrin siklining eng yaxshi romanida — „Ingliz Palmeyrin yilnomasi“ da (1544-yilgacha) eslatib oʻtilgan. Qal’ada hikoyaning qahramoni Miragvarda (Miraguarda) boʻlgan edi. Aynan oʻsha joylardagi voqealar tavsifi tufayli Servantes Don Kixot kutubxonasidagi bu kitobni yoqib yuborishdan saqlashga qaror qildi: „Miragvarda qal’asidagi barcha sarguzashtlar ajoyib va mohirona oʻylab topilgan, uslubi nafis va aniq, nutqlar esa soʻzlovchilarning xarakteri va pozitsiyasiga mohirlik va did bilan moslashtirilgan“[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Сервантес 2003.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Мигель де Сервантес Сааведра. Хитроумный идальго Дон Кихот Ламанчский : в 2 т. / Отв. ред. Н. И. Балашов, сост. прим. С. И. Пискунова. — Научное юбилейное издание к 400-летию «Дон Кихота Ламанчского». — М. : Наука, 2003. — Т. 1. — 719 с. — (Литературные памятники ; № 504). — 2000 экз. — ISBN 5-02-011687-4.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]