Almandin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Almandingranatlar guruhiga mansub mineral. Qattiqligi 7–7,5. S.og‘. 3,8–4,3. Rangi qizil, to‘q qizil. Shisha-simon va yog‘simon, yaltiroq. A. slyudali slaneslarda, granitlarda, granitli peg-matitlarda uchraydi. Markaziy Osiyoda A. pegmatitlar ichidan topilgan. Juda yaltiroq, shaffof A. qimmatbaho tosh hisoblanib, zargarlik buyumlari yasashda ishlatiladi. Bunday A. ba’zan yoqut deb ataladi. A.ning nuqsonli turlari abra-ziv material sifatida ishlatiladi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil