Allon

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Allon

Allon mahallasi
Mahalla
Mamlakat O'zbekiston
Shahar Toshkent
Tuman Olmazor
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 (71)
Pochta indeks(lar)i 700069
Avtomobil kodi 01

ALLON MAHALLASI (Forobiy kuchasi, 278) — Olmazor (sobiq Sobir Raximov) tumanidagi mahalla. „Chimboy“, „Chigʻatoy darvoza“, „Alisher Navoiy“, „Beruniy maydoni“ va „Universitet“ mahallalari bilan chegaradosh. 1931-yil tashkil qilingan. „Allon“ soʻzi Maxmud Qoshgʻariyning „Devonu lugotitturk“ va Navoiy asarlarida „Olong“ (tepalik, past-balandlik maʼnosida) shaklida uchraydi. Darhaqiqat, „A.“ Binkat atrofida, shahar devoriga yaqin joydagi tepalik yerda vujudga kelgan. Aholisi 3646 kishi (2009). Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, rus, qozoq, uygʻur, tatar, tojiklar ham yashaydi. Mahalla hududida „Uzstandart“ agentligi (Gosstandart), Buxoro yahudiylari qabristoni, bolalar sport maydonchasi, choyxona, oziq-ovkqat doʻkonlari, supermarket, 2 kafe, 2 sartaroshxona, bir necha novvoyxona mavjud. Mahalla faxriylaridan Daliboy Zoxidov 37 yil (1950—1987) oqsoqollik qilgan. Shu mahallada davlat arbobi N. A. Muxitdinov (1917— 2008) tugʻilib oʻsgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 63-64 bet.