Allianz Arena
Toʻliq nomi | Allianz Arena |
---|---|
Joyi |
![]() |
Asos solingan | 2002-yil 21-oktabr |
Qachon qurilgan | 2005-yil aprel |
Qachon ochilgan | 2005-yil 30-may |
Egasi |
|
Inshoot narxi | €340 mln |
Meʼmor |
![]() |
Hajmi | 75.000 |
Maydon oʻlchami | 105m × 68m |
Allianz Arena (terma jamoalar oʻrtasidagi musobaqalar davomida — Arena Myunxen) — Myunxen shimolidagi futbol stadioni. Stadion sigʻimi 75.000 tomoshabinga moʻljallangan boʻlib, ulardan 2.152 tasi biznes oʻrindiqlari, 1.374 tasi VIP oʻrindiqlar va 227 tasi nogironlar aravachasiga moʻljallangan. Xalqaro oʻyinlar davomida stadionning maksimal sigʻimi 70.000 tagacha tomoshabinga tushiriladi. Bundesliganing 2005/06 yilgi mavsumdan beri «Bavariya» uy o'yinlarini shu oʻyingohda o'tkazmoqda. Bundan tashqari, stadion 2006-yilgi Jahon chempionati o'yinlari, 2011/12 Chempionlar ligasi finali, shuningdek, 2020-yilgi Yevropa chempionati o'yinlariga mezbonlik qilgan. Dastlab, arena «Bavariya» va «Myunxen 1860» klublariga tegishli edi, ammo keyin «Bavariya» «Myunxen 1860»ga tegishli ulushni sotib oldi va stadionning yagona egasiga aylandi.
Stadionning xususiyatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Stadion Myunxenning Shvabing-Freyman (nem.: Schwabing-Freimann) tumanining shimolida joylashgan. Stadionda 2 ta bolalar bog'chasi/maktabdan keyingi guruhlar, LEGO World va 800 m² maydonda «Bavariya» klubi do'koni mavjud. Bularning barchasi Stadion ichida joylashgan bo'lib, unda dastlab «Myunxen 1860» savdo do'koni va Medion, Deutsche Telekom va Audi uchun ko'rgazma maydonlari joylashgan. 2012-yil may oyida ushbu joyda "«Bavariya» tarixi olami" muzeyi ochildi[1]. 6500 m² maydonda ko'plab oziq-ovqat do'konlari mavjud. Stadionga tegishli 9800 ta mashinaga moʻljallangan toʻrt qavatli avtoturargoh Yevropadagi eng yirik avtoturargohlardan biri hisoblanadi. Arenaning shimoli va janubida muxlislari bor avtobuslar uchun moʻljallangan yana 350 ta toʻxtash joyi mavjud. Chiptalar jami 55 ta stadion kassalarida sotiladi.
Shakliga koʻra Allianz Arena koʻpincha “puflatiladigan qayiq” (nem. Schlauchboot), “avtomobil shinalari” (nem. Autoreifen), “havo yostigʻi” (nem. Luftkissen) deb nomlanadi.
Fasad va tom quruq havo bilan to'ldirilgan 2760 yostiqdan iborat. Har bir yostiq qizil, ko'k va oq ranglar bilan yoritilishi mumkin. Mezbon jamoalardan qay biri stadionda o'yin o'tkazsa, u oʻsha jamoaga mos rangda yoritiladi («Bavariya» uchun qizil, «Myunxen 1860» uchun ko'k), agar Germaniya terma jamoasi arenada o'ynasa, yostiqlar oq rangda yoritiladi. Yoritish narxi soatiga taxminan €50. Ularning yorug'ligi shunchalik kuchliki, tiniq kechalarda Allianz Arenani Alp tog'lari cho'qqilaridan, ya'ni taxminan 75 km masofadan aniq ko'rish mumkin. Tomning ostida quyosh nurlaridan himoya qilish uchun o'yin vaqtida yopilishi mumkin bo'lgan pardalar mavjud.
2006-yilgi Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]


«Allianz Arena» 2006-yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilgan stadionlardan biri edi. Jahon chempionati paytida Allianz Arena belgisi stadiondan demontaj qilindi va Myunxen san'at uyi tomiga oʻrnatildi. Demontaj va tashish narxi taxminan €150.000 tashkil etdi[2].
2006-yilgi futbol bo'yicha jahon chempionati vaqtida stadionda quyidagi o'yinlar bo'lib o'tdi:
mahalliy vaqt bilan koʻrsatilgan
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Die FC Bayern Erlebniswelt eröffnet im Mai 2012“. FC BAYERN (30-avgust 2011-yil).
- ↑ „Schriftzug «Allianz Arena» im «Feriendomizil» in der Prinzregentenstraße (нем.)“. ALLIANZ ARENA (28-aprel 2006-yil).