Alkor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Alkor, tog‘zira (Athamanta macro-phylla) – ziradoshlar oilasiga mansub o‘q ildizli ko‘p yillik rezavor o‘simlik. Bo‘yi 1–2 m. Yoshiga qarab har yili bit-tadan 15 tagacha poya chiqaradi. Barglari murakkab, qalin. To‘pgullari soyabon, mu-rakkab, poyasining uchida joylashgan. Har bir soyabonchada 20 tacha gul bo‘ladi. Ildi-zi yo‘g‘on. Urug‘lari mayda, tuxumsimon, uz. 4–6 mm. A. iyun – iyulda gullaydi, avgust– sentabrda urug‘i pishadi. O‘rta Osiyo florasi uchun endemik hisoblanadi. O‘zbekistonda 1500–2800 m balandlikdagi tog‘ yonbagrlarida o‘sadi. Toshkent, Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo vilo-yatlarida tarqalgan. A., ayniqsa, uning urug‘i, guli va barglari xushbo‘y efir moylariga nihoyatda boy (1,67%). Shuning uchun A.ni mahalliy aholi rezavor 349o‘simlik sifatida taomga ishlatadi. A. qo‘shilgan sut mahsulotlari uzoq vaqt (15–20 kun) gacha achimaydi. Uning so-yada yoki oftobda quritilgan bargi va urug‘lari bodring, pomidor, karam, olma, qovun, tarvuz va boshqalarni tuzlash uchun ishla-tiladi. A.ning o‘ziga xos xushbo‘y hidi uzoq saqlanib turadi.

Adabiyotlar[tahrir]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil