Ali Hasan al-Majid
Ali Hasan Abdul-Majid at-Tikritiy ( arabcha: علي حسن المجيد shuningdek, Kimyogar Ali sifatida ham tanilgan; 30-noyabr, 1941-yil - 25-yanvar, 2010-yil) - Iroq davlat arbobi, harbiy mulozim. U o`z birodari Saddam Husayn davrida Iroq mudofaa vaziri bo‘lgan. Iroq razvedka xizmati direktori lavozimida ishlagan. Anfol dasturiga (Kurd aholisini kimyoviy qurol bilan yoʻq qilish) aloqadorligi uchun osib oʻldirishga hukm qilingan. Hukm 2010-yil, 25-yanvarda ijro etilgan.
Tarjimayi hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rasmiy manbalarga ko‘ra, Ali al-Majid 1941-yili Tikritda tug‘ilgan, biroq uning tavallud sanasi noma'lum. U ham amakivachchasi kabi Abu Nosir qabilasidan bo‘lgan. Kambag‘al oilada o‘sgan. U 1968-yilda Baʼs partiyasi boshqaruvni qoʻlga kiritgunga qadar Iroq armiyasida mototsikl kuryeri va haydovchisi boʻlib ishlagan[1].
Amakivachchasining yordamiga tayangan Ali al-Majid martaba pillapoyalaridan tezda ko‘tarildi. Baʼs partiyasiga qo‘shilganidan so‘ng u avvaliga Iroq mudofaa vaziri Hammadi Shihobning yordamchisi, so`ngra xavfsizlik byurosida hukumat rahbari bo‘ladi. 1979-yilda Saddam Husayn mamlakat prezidenti lavozimini egallagach Ali Hasan uning eng yaqin harbiy maslahatchilaridan biriga aylangan.
Tribunal
[tahrir | manbasini tahrirlash]Al-Anfol ishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Saddam Husayn rejimi qulagandan soʻng, Kimyogar Ali hokimiyatdan agʻdarilgan prezident va partiyadoshlari bilan birga Iroq maxsus tribunaliga olib chiqildi. Ali Hasan al-Majid Iroq tribunali (raisi - kurd) tomonidan urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi harakatlarda, xususan, kurdlarning genotsidida ayblangan. Anfol sudining birinchi majlisida Kimyogar Ali sud bilan hamkorlik qilishdan bosh tortadi va "Men sukut saqlayman" [2] deydi. Sud majlislarida al-Majid Saddam kabi erkin edi. Sudda "Kimyogar Ali" oʻz harakatlarini notoʻgʻri deb hisoblamasligini ta'kidladi va hukumat harakatlari sababi kurdlarga nisbatan millatchilik emas, balki Iroqning yaxlitligini parchalashga bo`lgan kurdlarning urinishlari ekanligini ta'kidlaydi.
2007-yilning 24-iyunida Iroq tribunali Ali Hasan al-Majidni osib oʻldirishga hukm qiladi. Hukm e'lon qilinayotganda u hech qanday munosabat bildirmay, qimir etmay turadi, qolgan sudlanuvchilar esa hukmni eshitib, norozilik bildira boshlaydilar[3]. 4-sentabr kuni Iroq apellyatsiya sudi Oliy tribunalning Ali al-Majidga nisbatan ayblov hukmini o‘z kuchida qoldirdi, biroq qatl 13-oktabr kuniga, ya'ni muqaddas Ramazon oyi oxiriga qoldiriladi. Bayramdan so`ng Bosh vazir Nuri al-Malikiy, Iroq prezidenti Jalol Talabani va uning oʻrinbosari Tariq al-Hoshimiylar o`rtasidagi ixtiloflar hukm ijrosining kechikishiga olib keladi. Shunga qaramay, 2008-yil, 29-fevralda Iroq Prezident kengashi Ali Hasan al-Majidga [4] oʻlim hukmini tasdiqladi, biroq u ijro etilmadi.
2010-yil, 17-yanvarda al-Majid Anfol ishi boʻyicha toʻrtinchi marta oʻlimga hukm qilindi [5].
Ijro
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yil, 25-yanvar, dushanba kuni Ali Hasan al-Majid Bag‘dod qamoqxonasida dorga osildi.
U Saddam Husaynning Al-Auja qishlogʻida, uning qabridan uncha uzoq boʻlmagan joyda dafn etilgan [6] .
Va shuningdek...
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Anfol
- Halabjada gaz hujumi
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Patrick Cockburn. „Chemical Ali: The end of an overlord“. The Independent (2007-yil 25-iyun). 2008-yil 8-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Саддама судят за убийство курдов“. Русская служба Би-би-си. 2012-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 21-avgust.
- ↑ „"Химический Али" приговорен к смерти“. Русская служба Би-би-си. 2012-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 27-iyun.
- ↑ publisher=Газета.Ru. „Химический Али умрет физически“. 2012-yil 19-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 29-fevral.
- ↑ „«Химический Али» снова приговорен к смертной казни | Газета. Ru: Новости часа“. 2010-yil 20-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-yanvar.
- ↑ „Вести.Ru: Химический Али похоронен рядом с Саддамом Хусейном“. 2017-yil 9-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 9-oktyabr.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Ular kimyoviy Alini ikki marta oʻldirmoqchi Архивная копия
- „FBI file on Chemical Ali“. 2015-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 24-yanvar.