Yor-yor (film)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search
Yor-yor
Yor-yor (1964 film).jpg
„Yor-yor“ filmidan skrinshot
Rejissor Ali Hamroyev
Ssenariy muallifi Rahmat Fayziy
Rollarda
Bastakor
Muharrir Odil Yoqubov
Studiya Oʻzbekfilm
Davomiyligi 70 minut
Mamlakat Oʻzbek SSR, SSSR
Til Oʻzbekcha, ruscha

Yor-yor“ (rus. Где ты, моя Зульфия?) — taniqli oʻzbek rejissori Ali Hamroyev 1964-yil yaratgan musiqiy kinokomediya.[1][2] Film eng sara oʻzbek komediyalaridan biri hisoblanadi, uni baʼzan „oʻzbek milliy komediyasi” deb atashadi.[3]

Sujet[tahrir]

Baxtiyor (Baxtiyor Ixtiyorov ijro etgan) Zulfiya degan qizni televizorda koʻrib, uni sevib qoladi. Zulfiyani izlab topishga qaror qilgan Baxtiyor otasi bilan butun Oʻzbek SSRni kezadi. Ular juda koʻp odamni uchratishadi, turli voqealarni boshdan kechirishadi, ammo Zulfiyani topa olishmaydi. Toshkentga qaytganlaridan keyin Baxtiyor va uning oilasi shaharning eski qismidagi uylarini tashlab, yangi kvartiraga koʻchib chiqishadi. Film oxirida Baxtiyor yangi uyda Zulfiya bilan qoʻshni ekanligini koʻradi.

Manbalar[tahrir]

  1. Information about the Movie 'Where are You, My Zulfiya?'. Kino-Teatr (Russian). 11 March 2012.
  2. Where are You, My Zulfiya?. Kinopoisk (Russian). 11 March 2012.
  3. "Ali Hamroyoev: Jack Nicholson to Portray Timur" (Russian). Uznews. 28 February 2011. http://www.uznews.net/article_single.php?lng=ru&cid=23&aid=791. Qaraldi: 11 March 2012. 

Havolalar[tahrir]