Kontent qismiga oʻtish

Alex Matos

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleks Matos
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Alexandre Matos
Tavallud sanasi 2004-yil 3-oktyabr
Tavallud joyi Bedford, Angliya
Ampluasi Hujumchi, Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Chelsea
Raqami 52
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Kempston Colts
- 2016 Luton Town
2016-2023 Norwich City
2023 Chelsea
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2023- Chelsea 1 (0)
2024 Huddrsfield Town (ijara) 19 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleks Matos (2004-yil 3-oktyabrda tugʻilgan) – Angliyalik professional futbolchi, Angliya Premyer-ligasining Chelsea klubida yarim himoyachi va hujumchi pozitsiyalarida toʻp surmoqda.

Bedford okrugida tugʻilgan Matos oʻz karyerasini dastlab Kempston Colts jamoasida boshlaydi, keyinchalik Luton Town klubining 9 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasiga borib qoʻshiladi[1][2]. 2016-yilda esa Norwich City jamoasi futbolchini oʻz safiga qoʻshib oladi[3]. Matos maydonda ham hujumchi, ham yarim himoyachi sifatida oʻynay olardi[4]. U 2022-2023-yilgi mavsumda Norwich U-18 jamoasining asosiy futbolchilaridan biriga aylanadi[5]. Shuningdek 21 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasida ham debyut qiladi va Premier League 2 doirasidagi oʻyinlarda uchta gol muallifiga aylanadi[6].

2023-yil 1-iyulida Matos Premyer-liga jamoasi Chelsea bilan shartnoma imzolaydi[7].

2023-yil 2-oktyabr kuni, tugʻulgan kunidan bir kun avval futbolchi Fulhem klubiga qarshi uchrashuvda Premyer-ligadagi debyutini oʻtkazadi. Oʻyin yakuniga yaqin futbolchi Enzo Fernandez oʻrniga zaxiradan maydonga tushadi[8].

2024-yil 4-yanvar kuni Matos EFL Chempionship klubi Huddersfield Town bilan mavsum yakuniga qadar moʻljallangan shartnoma imzoladi[9].

2024-yil 4-may holatiga koʻra[10]
Klub safidagi liga doirasidagi va umumiy statistika
Klub Mavsum Liga Umumiy
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Chelsea U-21 2023–24 - 2 0
Chelsea 2023–24 Premyer Liga 1 0 2 0
Huddersfield Town (ijara) 2023–24 Chempionship 19 1 20 1
Umumiy 20 1 24 1
  1. „Alex Matos, the rise of a boy Chelsea are very excited about“. The Athletic (2023-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2023-yil 31-dekabr.
  2. Lewis. „Chelsea's Alex Matos — Scouting Report | EPL News Now“ (en-US) (2023-yil 4-iyul). Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  3. „Alex Matos signs first professional contract at Norwich City“ (en). Norwich City. Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  4. Banerjee. „Who is Alex Matos? Meet the latest Chelsea signing who joins from Norwich City“ (en-gb). www.sportskeeda.com (2023-yil 1-iyul). Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  5. „Chelsea snap up City youngster“ (en). The Pink Un (2023-yil 1-iyul). Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  6. „Football: Chelsea sign promising youngsters Alex Matos and Diego Moreira“ (en). www.daijiworld.com. Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  7. „Alex Matos joins Chelsea“ (en-gb). www.chelseafc.com. Qaraldi: 2023-yil 30-avgust.
  8. „Fulham v Chelsea, 2023/24 | Premier League“ (en). www.premierleague.com. Qaraldi: 2023-yil 2-oktyabr.
  9. „Huddersfield sign Chelsea midfielder Matos on loan“ (en-GB). BBC Sport. Qaraldi: 2024-yil 4-yanvar.
  10. Alex Matos Soccerway saytida