Alen Sutter
Alen Sutter (fransuzcha: Alain Sutter) 1968-yil 22-yanvarda Bernda tavallud topgan. Shveytsariyalik futbolchi, hujumkor yarim himoyachi, „Grasshoppers“ va Shveytsariya terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan. 1994-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.
Alen Sutter ![]() | ||||||||||||||||||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
![]() | ||||||||||||||||||||||||||||
Maʼlumotlari | ||||||||||||||||||||||||||||
Tugʻilgan | 22-yanvar 1968-yil
(54 yosh) | |||||||||||||||||||||||||||
Fuqaroligi | ![]() | |||||||||||||||||||||||||||
Boʻyi | 179 cm | |||||||||||||||||||||||||||
Pozitsiya | yarim himoyachi | |||||||||||||||||||||||||||
|
Futboldagi faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Sutter oʻz faoliyatini Shveytsariyaning eng qadimgi klublaridan biri „Grasshoppers Zurichda“ boshlagan. Faoliyatining boshida Alen „Young Boys“ klubiga ijaraga berildi. 1993-yilda kreativ yarim himoyachi Germaniyadan kelgan selektsionerlarning eʼtiborini tortdi. Xuddi shu yili u Nyurnbergga koʻchib oʻtdi. 1994-yil AQSHda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida milliy terma jamoa uchun oʻyinlarda oʻzini muvaffaqiyatli koʻrsatgan Sutter "Bavariya" kabi eng mashhur boʻlgan nemis klubiga oʻtdi. Ammo yuqori raqobat tufayli, 1995-yilda Alan Bundesliganing „Frayburg“ jamoasiga oʻtishga qaror qildi. 1998-yilda Satter Amerikaning „Dallas Bern“ klubida oʻtkazgan ikki mavsumdan soʻng professional faoliyatini tugatishga qaror qiladi.
Hozirgi kunga kelib sobiq futbolchi Alen Satter Shveytsariya televideniyasida faoliyat yuritmoqda va eng muhim oʻyinlarni sharhlash bilan mashgʻul boʻlmoqda.
Terma jamoada[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbolchining terma jamoadagi faoliyati noaniq boʻlgan. Sutterning faoliyatining choʻqqisi 1994-yil deb hisoblanadi. U oʻshanda AQSHdagi jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan. Turnirda Alen Kolumbiya, Ruminiya va AQSh terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi[1][2][3]. Ruminiyaliklarga qarshi kechgan duelda u gol urgan va jamoaning 1/8 finalga chiqishiga yordam bergan.
Keyinchalik, faoliyatida muntazam ravishda pasayish kuzatilgan. Sutter Shveysariya terma jamoasi safida 68ta o‘yin o‘tkazib, jami hisobda 5ta gol kiritishga muvaffaq boʻlgan.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Futbol boʻyicha Shveytsariya chempionati — 1990/91
- Shveytsariya kubogi sohibi — 1988/89, 1989/90
- Shveytsariya Superkubogi sohibi — 1989-yil
Jamoalari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Nomi | Mamlakat | Yillar |
---|---|---|
Grasshopper-Club Zürich | Shveytsariya | 1985-1987 |
BSC Young Boys | Shveytsariya | 1987-1988 |
Grasshopper-Club Zürich | Shveytsariya | 1988-1993 |
FC Nürnberg | Germaniya | 1993-1994 |
Bayern de Múnich | Germaniya | 1994-1995 |
SC Freiburg | Germaniya | 1995-1997 |
Dallas Burn | AQSh | 1997-1999 |
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ „Швейцария VS. Колумбия 0:2“ (ru). soccerway.com (27-iyun 1994-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-iyul 2016-yil.
- ↑ „Румыния VS. Швейцария 1:4“ (ru). soccerway.com (22-iyun 1994-yil). 7-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-iyul 2016-yil.
- ↑ „США VS. Швейцария 1:1“ (ru). soccerway.com (18-iyun 1994-yil). 26-noyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 11-iyul 2016-yil.