Aleksey Xotin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksey Yuriyevich Xotin
Tavallud joyi Minsk, Belorus SSR, SSSR
Fuqaroligi Rossiya
Ahvoli $900 mln (2016)[1]
Maʼlumoti Minsk suvovor harbiy bilim yurti, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti

Aleksey Yuriyevich Xotin (21-may 1974-yil, Minsk) — rossiyalik tadbirkor, moliyaviy tashkilotlar, koʻchmas mulk va neft-gaz kompaniyalari aktsiyalari egasi. 2016-yilda Forbes jurnali reytingiga koʻra Rossiyaning 100 ta eng boy odamlari reytingida 95-oʻrinni egallagan.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksey Xotin 1974-yil 21-mayda Minsk shahrida (Belarus SSR) tugʻilgan. 1991-yilda Minsk Suvorov harbiy bilim yurtini, 1997-yilda G. V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Aleksey Xotin oʻz biznesini otasi Yuriy Xotin bilan birgalikda yuritadi. Aleksey Xotin uylangan va ikki farzandi bor[2].

Aleksey Xotin suzish boʻyicha sport ustasi unvoniga ega. U xalqaro sambo federatsiyasi, Butunrossiya amaliy oʻq otish federatsiyasi, „Dinamo“ mini-futbol klubi va tungi xokkey ligasi kabi bir qancha sport tashkilotlariga homiylik qiladi[3].

Xotinlarning oilaviy biznesi boʻyicha tadqiqot olib borgan "Vedomosti" gazetasining taʼkidlashicha, Xotinlar oilasi biznesining muvaffaqiyatiga ularning Rossiya hukumatining yuqori darajadagi koʻplab amaldorlari bilan oʻzaro aloqalari juda katta yordam bergan. Gazeta, shuningdek, Xotinlarning biznesi asosan kredit pullariga tayanishini va Xotinlar oilasi aʼzolari matbuot bilan aloqa qilishdan bosh tortishini koʻrsatadi[4].

Aktivlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

„Moskva“ mehmonxonasi, Xotinlarga tegishli eng mashhur koʻchmas mulk ob’ektlaridan biri
„Gorbushkin Dvor“ savdo markazi

Xotin va uning otasi, matbuot xabarlariga koʻra, Moskvada umumiy maydoni 1,8 million m² [5] boʻlgan 30 ga yaqin savdo va ofis markazlariga ega boʻlib, bularga, Manejnaya maydonidagi Moskva mehmonxonasi, Bagrationovskaya metro bekati yaqinidagi „Filion“ savdo markazi, Gorbushkin Dvor savdo markazini[6][7] kiradi.

2013-yilda Xotin va uning otasi Forbes jurnalining „Rossiya koʻchmas mulki qirollari“ reytingida 6-oʻrinni egallagan[5]. 2018-yil oxirida Xotinlar oilasiga tegishli „Kompleksniye investitsii“ kompaniyasi chakana savdo va ofis maydonlarini ijaraga berishdan yiliga 285 million dollar daromad oladi[8] va „Rossiya koʻchmas mulki qirollari“ reytingida toʻqqizinchi oʻrinni egallaydi.

1996-yildan beri Xotin boshqaruvi ostida harbiy texnika, kimyoviy xom ashyo, xalq isteʼmoli mollari va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi bir qancha sanoat korxonalari faoliyat koʻrsatmoqda.

2001-yildan to 2003-yilgacha Xotin Moskva kimyoviy kompleks tashkilotlari assotsiatsiyasi vitse-prezidenti lavozimida ishlagan[3].

Forbes maʼlumotlariga koʻra, 2010-yillarda Xotin kamida 10 ta neft kompaniyasini sotib olgan, ular 2016-yilda taxminan 2,5 million tonna neft ishlab chiqargan[9]. 2011-yilda Xotin Exillon Energy[en] kompaniyasining katta ulushini sotib oladi. Shuningdek, „Dulisma“ neft kompaniyasi[10] va „Kuwait Energy“ kompaniyasining ulushiga ham ega.

Xotin Kipr-Shveytsariyaning Radamant Financial firmasi[11] orqali „Yugra“ bankining yarmidan koʻproq qismiga egalik qilgan. 2017-yilda RF Markaziy banki bankning litsenziyasini bekor qiladi. Keyinchalik, Omonatlarni sugʻurtalash agentligi bank tomonidan berilgan barcha kreditlarning 98% (taxminan 240 milliard rubl) uning egasi Aleksey Xotinning koʻchmas mulk va neft ishlab chiqarishdagi biznesini moliyalashtirish uchun ishlatilganligini taʼkidlaydi[12]. Bank litsenziyasi bekor qilinganidan soʻng, tadbirkor bilan aloqador boʻlgan qarzdorlar oʻz kreditlarini toʻlashni toʻxtatadilar va natijada 2019-yil aprel holatiga koʻra, umumiy qarzning 99,9 foiziga xizmat koʻrsatilmaydi[13].

2019-yil aprel oyida „Yugra“ banki „Dulisma“ neft kompaniyasini bankrot deb topish uchun sudga daʼvo arizasi beradi[14].

Jinoiy ish[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yil 19-aprelda Xotin FSB va Rossiya Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan „Yugra“ bankidan 7,5 milliard rubl miqdoridagi pul mablagʻlarini oʻgʻirlash boʻyicha jinoiy tergov ishi doirasida qoʻlga olinadi[15]. Tadbirkor bank boshqaruvi raisi Dmitriy Shilyayev va kredit tashkiloti prezidenti Aleksey Nefedov[16] bilan birga uy qamogʻiga olinadi.

Sud hukmi[tahrir | manbasini tahrirlash]

2024-yil 4-martda Moskvaning Zamoskvoretskiy sudi Aleksey Xotinni 23 milliard rubldan ortiq mablag‘ni o‘zlashtirganlikda ayblab, 9 yilga ozodlikdan mahrum qildi va u jazoni umumiy rejimdagi koloniyada oʻtashi belgilandi[17][18].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Алексей Хотин | Forbes.ru“. 2017-yil 26-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  2. „Алексей Хотин биография и карьера в Югра, последние новости и фото.“. finparty.ru. 2017-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 6-iyul.
  3. 3,0 3,1 „Хотин Алексей Юрьевич биография и пресс-портрет“. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  4. „Откуда берет деньги семья Хотиных — ВЕДОМОСТИ“. 2021-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  5. 5,0 5,1 „Короли российской недвижимости — 2013: рейтинг Forbes. 6. «Комплексные инвестиции» | Reytingi | Forbes.ru“. 2018-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-oktyabr.
  6. „Владельцем «Горбушкиного двора» оказался нефтяник Подлисецкий: Бизнес: Бизнес: Lenta.ru“. 2017-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-may.
  7. „Нефть в обмен на метры“. 2018-yil 3-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 4-may.
  8. „Короли российской недвижимости — 2019. Рейтинг Forbes. 9. Комплексные инвестиции | Biznes“ (en). Forbes.ru (2019-yil 24-yanvar). 2019-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-yanvar.
  9. „Империя Хотина: бизнесмен вложил в нефтяные активы больше 15 млрд | Biznes | Forbes.ru“. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  10. „Нефтяной бизнес семьи Хотиных получил льготы на 92 млрд руб. :: Бизнес :: РБК“. 2017-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  11. „Владелец «Горбушкиного двора» стал акционером банка «Югра» :: Финансы :: РБК“. 2016-yil 22-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-yanvar.
  12. „АСВ сочло беспрецедентным качество организации вывода активов из «Югры»“. Банки.ру. 2020-yil 18-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  13. Кредиторы не поделили «Югру» // Коммерсантъ. Архивировано 18 may 2019 года.
  14. „Банк "Югра" в день отправки под домашний арест Хотина решил обанкротить его НК "Дулисьма"“ (ru). Interfax-Russia.ru (2019-yil 22-aprel). Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  15. Ведомости. „Задержан бывший собственник «Югры» Алексей Хотин“. www.vedomosti.ru (2019-yil 19-aprel). 2019-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 19-aprel.
  16. „Бывшие предправления и президент банка "Югра" заключены под домашний арест“. Интерфакс (2019-yil 22-aprel). 2019-yil 17-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-may.
  17. „Суд в Москве приговорил экс-владельца лопнувшего банка "Югра" Хотина к 9 годам колонии“.
  18.  RIA Novosti xabari(rus.) Telegram mesenjerida