Aleksandr Tyurin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Ivanovich Tyurin
Tavalludi 4-noyabr 1959-yil
Fuqaroligi Oʻzbekiston Oʻzbekiston
Kasbi rangtasvir-rassomi
Mukofotlari

Aleksandr Ivanovich Tyurin (1959-yil 4-noyabrda tugʻilgan) — rangtasvir-rassomi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi. Oʻzbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi “Rangtasvir boʻlimi” raisi. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining “Monumental rangtasvir” kafedrasi dosenti.

Tarjimai hol[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tyurin Ivanovich 1959-yilda Markaziy Osiyoda, Tyan-Shan togʻlarida geolog va meteorolog oilasida tugʻilgan. 1981-yilda Toshkentda P.P.Benkov nomidagi Respublika rassomchilik bilim yurtining rangtavir yoʻnalishini tamomlagan. 1984-1986-yillarda K.TurkVO(SSSR qurolli kuchlarining Oʻrta Osiyo va Qozogʻistondagi harbiy okrugi)  SSSR Qurolli Kuchlari, Afgʻoniston 40-armiyasining maxsus maqsadli batalonida xizmat qilgan.

Soʻng boʻlajak rassom 1988-yilda A. N. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomchilik institutining monumental rangtasvir fakultetini tamomlagan.  Aleksandr Tyurin 1991-yilda SSSR Badiiy akademiyasining I.Ye.Repin nomidagi Leningrad institutining “Rangtasvir va rassomchilik” yoʻnalishi boʻyicha maqsadli assistenturani tamomlagan. Uning ustozlari professorlar B.S.Ugarov, O.A.Yeremeyev, B.M.Lavrenko, M.M.Devyatov, M.M.Gerasimovlar edi.

U 1988-1993-yillarda Y.Oxunboboyev nomidagi Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutining “Rangtasvir va rassomchilik” dizayn kafedrasida talabalarga dars bergan.

Tyurin 1994-yildan 2004-yilgacha Moskvada yashagan. Bundan tashqari,   oʻz ijodiy faoliyati bilan shugʻullanib, koʻrgazmalar tashkil etgan.

Oradan biroz vaqt oʻtib rassom 2005-2011-yillarda Toshkent shahriga keladi, koʻrgazmali, ijodiy-jamoaviy faoliyat bilan shugʻullanadi.

Tyurin Ivanovich 2012-yildan buyon Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomchilik va dizayn institutining monumental rangtasvir kafedrasida talabalarga saboq berib kelmoqda.

Oʻz ustida ishlagan rassom 2014-yilda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Rassomlar ijodiy birlashmasi Rangtasvir seksiyasi raisi boʻladi.

Ijodiy uyushmalarga a’zoligi[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1990-1991-yillarda — SSSR Rassomlar uyushmasi Yosh rassomlar birlashmasi a’zosi
  • 1992-1997-yillarda — Oʻzbekiston Rassomlar uyushmasi a’zosi
  • 1993-yildan — YUNESKO Xalqaro rassomlar federasiyasi a’zosi
  • 1997-yildan — Oʻzbekiston Rassomlar ijodiy uyushmasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi a’zosi
  • 2009-yildan — Rossiya rassomlar professional uyushmasi a’zosi

Mukofot va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • 1986-yilda — “Turk VO. Fidokorona harbiy mehnati uchun” SSSR Mudofaa vazirligining Faxriy nishoni 
  • 2010-yilda “Yilning eng yaxshi koʻrgazmasi” nominasiyasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining “TOP-ART 2010” yillik mukofoti va Oʻzbekiston Badiiy Akademiyasining kumush medali sohibi
  • 2014-yilda A.I.Tyuringa “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni berildi[1].
  • 2019-yilda Rus pravoslav cherkovining “1812-yilgi Vatan urushidagi Gʻalabaning 200 yilligi xotirasi uchun” medal
  • Oʻzbekiston rus madaniyat markazining “Oʻzbekistonda rus madaniyatini rivojlantirishga qoʻshgan hissasi uchun” faxriy nishon bilan taqdirlandi.
  • “Yilning eng yaxshi rassomi” nominasiyasida Oʻzbekiston Respublikasining “TOP-ART-2019” yillik mukofoti sovrindori.

Bibliografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Albomlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • MODERN ART OF UZBEKISTAN : книга-альбом. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2001.
  • THE ANTHOLOGY OF FINE ARTS OF UZBEKISTAN : книга-альбом. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2009. ISBN 978-9943-322-68-4 УДК 75(575.1)(09)
  • THE CREATION OF THE BEAUTY : книга-альбом. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2013.
  • Изобразительное искусство Узбекистана : Художники содружества : книга-альбом. — Москва: Международная конфедерация союзов художников, 2013. ISBN 978-5-269-01151-6

Kataloglar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Tashkent-town of craftsmen. — Ташкент: 1989.
  • ALEXANDER TYURIN. — М.: Восточная галерея; Мост-Банк, 1994.
  • Восток — запад. Диалог во времени. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана; ЦВЗ, 1994.
  • ART-MOSCOW : Международная художественная выставка. / Ассоциация искусствоведов и критиков. — М.: Российский фонд культуры, 1996.
  • Eng ylyg`, eng aziz : 10 лет независимости Республики Узбекистан. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2001.
  • 130 лет Ташкентской и Среднеазиатской Епархии. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2001.
  • BIENNALE 2001. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2001.
  • Seismograph. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2003.
  • Korean + Uzbekistan. Сеул: Ассоциация художников Кореи, 2004.
  • Салон ЦДХ`05. Среда обитания. — М.: Международная конфедерация союзов художников, 2005.
  • ALEXANDER TYURIN : каталог / Издан при поддержке Международного центра финансово-экономического развития. — М.: 2007.
  • THE INVITED EXHIBITION OF KOREA ARTISTS IN UZBEKISTAN. Сеул: Ассоциация художников Кореи, 2011.
  • Художники Узбекистана к 20-летию независимости Республики Узбекистан. — Ташкент: Академия художеств Узбекистана, 2012.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Указ Президента Республики Узбекистан от 22 avgust 2014 года № УП-4647 «О награждении в связи с двадцать третьей годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры, искусства, духовности и просветительства, средств массовой информации и других социальных сфер

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]