Aleksandr Pershin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Yakovlevich Pershin
ruscha: Александр Яковлевич Першин
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi

1874-yil
Ufa gubernatorligi,

Rossiya imperiyasi
Vafoti 1919-yil 19-yanvar
Toshkent
Fuqaroligi Rossiya imperiyasi → RSFSR
Siyosiy partiyasi RSDLP (1903-yildan)
Faoliyati inqilobchi
Qoʻshin turi Bolshevizm

Aleksandr Yakovlevich Pershin (1874-1919) - inqilobchi, bolshevik, Oʻrta Osiyoda Sovet hokimiyatini oʻrnatish uchun kurash qatnashchisi.

Tarjimai holi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Dehqon oilasida tugʻilgan, ishchi-chilangar mutaxassisligini olgan. 1894-yildan inqilobiy harakatda ishtirok etgan, 1903-yilda RSDLPga qoʻshilgan.

Ufa, Kazalinsk shaharlarida partiya ishlarini olib borgan. 1916-yilda Toshkentda Oʻrta Osiyo temir yoʻl ustaxonalarida ishlay boshlagan. 1917-yil fevral inqilobidan keyin bolsheviklar safiga qoʻshilgan va Toshkent Soveti ijroiya qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan. Sovetlarning 1-Umumrossiya qurultoyi delegati, Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qoʻmitasining a’zosi etib saylangan. 1917-yil oktabr kunlari Toshkent harbiy inqilobiy qoʻmitasi aʼzosi boʻlgan

Oktabr inqilobi gʻalabasidan keyin Toshkent Soveti ijroiya qoʻmitasi raisining oʻrinbosari boʻlgan. 1918-yil martidan Turkiston oʻlkasi va Turkiston Sovet Respublikasi oziq-ovqat komissari. Turkiston Qizil Gvardiyasi va Qizil Armiyasi tashkilotchilaridan biri boʻlgan.

Osipov isyoni davomida 14 nafar Turkiston komissarlari tarkibida otib oʻldirilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Першин Александр Яковлевич — статья из Большой советской энциклопедии. 
  • http://www.pandia.ru/181533/

Inqilobchilar ommaning yetakchisi, Toshkent, 1967-yil.