Aleksandr Kopilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Aleksandrovich Kopilov
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 4-iyun 1924
Fuqaroligi  SSSR
 Rossiya
Kasbi dirijyor
Mukofotlari

Aleksandr Aleksandrovich Kopilov (1924-yil 4-iyun, Krasnodar) — Novosibirsk opera va balet teatri (1953—1963-yillar) va „Bolshoy“ teatrining dirijyori boʻlgan. RSFSRda xizmat koʻrsatgan artist (1961-yil), RSFSR xalq artisti[1] (1987-yil), Xamza nomidagi Oʻzbekiston SSR Davlat mukofoti laureati (1983-yil), Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1983-yil).

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Kopilov Krasnodarda musiqachilar oilasida tugʻilgan. Bolaligida mamlakat boʻylab koʻp sayohat qilgan, chunki otasi turli simfonik va opera orkestrlarida hamroh boʻlib ishlagan. Birinchi marta oʻsha paytda Tbilisiga evakuatsiya qilingan „Bolshoy“ teatrida taniqli dirijyor Aleksandr Gaukdan dirijyorlik mahoratini oʻrgangan. Ammo darslar uzoq davom etmagan, chunki tez orada Aleksandr Kopilov frontga ketgan.

Urushdan keyin Yerevan konservatoriyasiga oʻqishga kirgan, u yerda uning oʻqituvchisi taniqli dirijyor va oʻqituvchi Konstantin Sarajev edi. Oʻqish davrida A.A.Spendiarov nomidagi Opera va balet teatri va Yerevan filarmoniyasi orkestrlarida fagot chalgan.

Konservatoriyani tugatgandan soʻng, Novosibirskga koʻchib oʻtgan va filarmoniyada ishlagan, shundan soʻng 9 yil Novosibirsk opera teatri va konservatoriyada ishlagan.

1962-yilda dirijyorni „Bolshoy“ teatriga tinglash uchun taklif qilganlar, natijada balet truppasi bilan Amerikaga gastrol safari boshlandi, shundan soʻng „Bolshoy“ teatriga qabul qilindi.

Spektakllar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Novosibirsk opera va balet teatrida „Esmeralda“ (K.Puni), R.Glierening „Medniy vsadnik“ (Bronza chavandozi), „Maskarad“ (A.Laputin), „Spyashaya krasavitsa“ (Uyqudagi goʻzal), „Lebedinoe ozero“ (Oqqush koʻli) va „Shelkunchik“ (P.Chaykovskiy), „Bayaderka“ (L.Minkus), „Dragotsenniy fonar Lotusa“ (Qimmatbaho lotus fonari) (Jan Syao Xu, SSSRda birinchi marta qoʻyilgan), „Kamenniy tsvetok“ (Tosh gul) (S.Prokofyev), „Baxchisarayskiy fontan“ (Baxchisaroy favvorasi) (B.Asafiyev) va shu kabi boshqa spektakllarning dirijyor-rejissori boʻlgan.

Aleksandr Kopilovning repertuarida „Klass-kontsert“ (1963-yil), „Ispan Kaprichiosi“ (1963-yil), „Qahramonlik poemasi“ (1964-yil), „Laylak“ (1964-yil), „Bizning hovlimiz“ (1970-yil), „Motsart va Salyeri“ (1973-yil), „Yorqinlik“ (1974-yil), „Muhabbatga muhabbat“ (1976-yil), „Chipollino“ (1977-yil), „Koppeliya“ (1977-yil), „Bolero“ (1978-yil), „Gussar balladasi“ (1980-yil), „Kichkina shahzoda“ (1983-yil), „Gayane“ (1984-yil), „Qaysarni qoʻlga olish“ (1996-yil), „Don Kixot“ (1999-yil) va shu kabi boshqa baletlarining premyeralari mavjud[2][3].

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Народный артист РСФСР“. 4-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-may 2018-yil.
  2. „Официальный сайт Большого театра.“. 4-avgust 2016-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-oktabr 2017-yil.
  3. Ламин В. А.. Энциклопедия. Новосибирск. Новосибирск: Новосибирское книжное издательство, 2003 — 445 bet. ISBN 5-7620-0968-8. 
  4. „Указ Президента Российской Федерации от 17 июня 1999 года № 786 «О награждении государственными наградами Российской Федерации»“. 14-sentabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-avgust 2021-yil.
  5. „Указ Президиума Верховного Совета СССР от 25 мая 1976 года «О награждении орденами и медалями СССР работников Государственного академического Большого театра СССР»“. 19-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-aprel 2022-yil.
  6. „Указ Президиума Верховного Совета СССР от 13 августа 1955 года «О награждении орденами и медалями работников Новосибирского государственного театра оперы и балета»“. 3-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-may 2022-yil.