Boris Asafyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

Boris Vladimirovich Asafyev [taxallusi – Igor Glebov, 1884.17(29).7, Peterburg – 1949.27.1, Moskva] – rus musiqashunosi, kompozitor. Akademik (1943). Peterburg universitetini (1908), Peterburg konservatoriyasini (1910) tugatgan. Musiqa tarixiga oid asarlar (mas, "Glinka" kitobi, 1947), musiqa (xususan intonatsiya) nazariyasi boʻyicha tadqiqotlar (jumladan "Musiqa shakli jarayon sifatida", 1971, 2-nashri) muallifi. 28 balet, 11 opera, 4 simfoniya va boshqa asarlar yaratgan. Turkiston xalqlari, xususan, oʻzbek, qozoq musiqasini ilmiy tahlil etgan. Oʻzbek musiqa merosi haqida ("Oshiq Gʻarib" baletini yaratish jarayonida, 1940; ikki jiddlik "Oʻzbek xalq qoʻshiqlari" bilan tanishganidan soʻng, 1939) qimmatli fikrlar biddirgan. A.ning asarlari (mas, "Boqchasaroy favvorasi") oʻzbek sahnasida qoʻyilgan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil