Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Ivanov (kurashchi)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Ivanov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR Rossiya bayrogʻi Rossiya
Tavallud sanasi 10-yanvar 1951-yil (1951-01-10) (73 yosh)
Chuonsk naslegi, Suntar ulusi, Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi
Faoliyat yillari 1966—1979
Boʻyi 158 sm
Vazni 52 kg
Sport
Mamlakat SSSR bayrogʻi SSSR
Qaysi sport Erkin kurash
Klubi Urojay, Spartak, Burevestnik, Qurolli kuchlar

Aleksandr Nikolayevich Ivanov (1951-yil 10-yanvar, Chuonsk naslegi, Suntar ulusi, Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi) —sovet erkin kurashchisi, Olimpiya oʻyinlari kumush medali sovrindori, Jahon kubogi sovrindori, Yevropa chempionati sovrindori, SSSR chempionatlarining koʻp karra chempioni. SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi (1991). Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan murabbiy.

Biografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aleksandr Ivanov 1951-yilda Yoqutistonda tugʻilgan. 1966-yilda Suntar yoshlar sport maktabida yunon-rum kurashi bilan shugʻullana boshlangan, 1968-yilda Churapchi oʻsmirlar sport maktabiga oʻtgan[1]. 1968-yildan Qurolli kuchlar safida, 1969-yildan „Urojay“, 1970-yildan „Spartak“ (Yoqutiston) klubi tarkibida musobaqalarda qatnashgan. 1970-yilda Qozogʻiston davlat jismoniy tarbiya institutiga oʻqishga kirib, Olmaotaga koʻchib oʻtadi.

Sportdagi yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

1970-yilda SSSR chempionatida qatnashib, 6-oʻrinni egallagan. 1972-yildan „Burevestnik“ jamoasida, 1973-yildan esa sportdagi faoliyatining oxirigacha yana Qurolli Kuchlar safida musobaqalarda ishtirok etgan. 1972 va 1973-yillarda SSSR chempionatlarida ikkinchi oʻrinni egallagan va 1974-yilda nihoyat SSSR chempioni boʻladi. 1976-yilda bu muvaffaqiyatini takrorlaydi.

Olimpiya terma jamoasiga kiritilgan. 1976-yilda Monrealda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlarida 52 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida kurashga tushgan. Gʻolib jarima ballarning minimal soniga koʻra aniqlangan. Final bahsiga qadar 6 ta jarima ball olgani uchun sportchi turnirdan chetlashtiriladi.

Kurashlarda:

  • birinchi davrada raqib diskvalifikatsiyasi tufayli 8-daqiqada Eloy Abreuni (Kuba) magʻlub etadi;
  • ikkinchi davrada Konstantin Mundilani (Ruminiya) 22:4 hisobida magʻlub etadi;
  • uchinchi davrada 16:10 hisobida Jeyms Xaynzni (AQSh) magʻlub etib, 0,5 jarima ballni oladi;
  • toʻrtinchi davrada Li Bong Sunni (Shimoliy Koreya) 22:19 hisobida magʻlub etadi va 1 jarima ballni oladi;
  • beshinchi davrada 26:5 hisobida Vladislav Steshikni (Polsha) magʻlub etadi va musobaqaning final bosqichiga chiqadi.

Birinchi final bahsining 3-daqiqasida Jong Xye Seop (Janubiy Koreya) yelkasii yerga tekkizib, magʻlub etadi. Birinchi oʻrin uchun kurashda Yuji Takadaga (Yaponiya) magʻlub boʻladi va ikkinchi oʻrinni oladi[2].

Tbilisidagi xalqaro turnirning toʻrt karra gʻolibi (1971, 1973, 1977, 1978), faxriy kurachilar oʻrtasida jahon chempioni (1993)[3].

1979-yilda Aleksandr Ivanov katta sportni tark etadi. Churapcha jismoniy tarbiya institutida jang sanʼati kafedrasi mudiri boʻlib ishlagan. Hozirda Mirniy shahridagi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktabi direktori.

Mukofotlari[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Shavkatli mehnati uchun medali;
  • Qutb yulduzi ordeni (2006)[4];
  • Yoqut Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasida xizmat koʻrsatgan jismoniy tarbiya xodimi;
  • Saxa respublikasining (Yoqutiston) XX asr sporti laureati;
  • Yakutsk shahrining faxriy fuqarosi(1998)[5];
  • Suntar ulusining faxriy fuqarosi;
  • Komsomol Markaziy qoʻmitasining „Sport jasorati“ koʻkrak nishoni (1976).

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Федеральный информационный портал «SakhaNews»“. 2011-yil 25-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-iyul.
  2. „Aleksandr Ivanov Biography and Olympic Results“. 2012-yil 15-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-iyul.
  3. Ivanov Aleksandr Nikolaevich|WrestsakhaAndoza:Недоступная ссылка
  4. „Кавалеры Ордена Республики Саха (Якутия) «Полярная звезда» — список награждённых“. Официальный информационный портал Республики Саха (Якутия). 2013-yil 3-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-mart.
  5. „Город Якутск: Почётные граждане“. Официальный информационный портал Республики Саха (Якутия). 2014-yil 7-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-mart.