Aleksandr Farmanov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Farmanov
"Olmaliq KMK" OAJ Boshqaruv Raisi - Bosh direktori
Mansab davri
23-iyul 2008-yil
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Aripov
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 15-iyun 1958-yil (1958-06-15) (65 yosh)
Toshkent
Maʼlumoti Jambul irrigatsiya va melioratsiya-qurilish instituti
Mukofotlari Oʻzbekiston Qahramoni

Aleksandr Kasimovich Farmanov (15.6.1958, Bekobod) — Oʻzbek davlat arbobi. Oʻzbekiston Qahramoni.

Biografiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

1980-yilda Jambul irrigatsiya va melioratsiya-qurilish institutini fuqarolik muhandisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan.

1980-1981-yillarda usta, keyin Aktyubinskdagi „Vodokanal“ korxonasi bo'lim mudiri boʻlib ishlagan.

1981-1985-yillarda avval Bekobod sement zavodining taʼmirlash va qurilish, soʻngra quvur va shifer sexlariga rahbarlik qildi.

1985-1995-yillar (1992-1993-yillarda qisqa tanaffus bilan) Bekobod sement zavodi direktori.

1995-yil maydan 2008-yil iyulgacha "Oʻzbekiston metallurgiya kombinati aksiyadorlik birlashmasi" bosh direktori.

2008-yil 23-iyuldan boshlab „Olmaliq kon-metallurgiya kombinati“ OAJ Bosh direktori.

Birinchi chaqiriq Senat aʼzosi (2005-2010)[1].

Svetlana Farmanova bilan turmush qurgan va Yuliya, Alena va Aleksandra ismli qizlari bor.

Mukofotlar, sovrinlar va unvonlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sanoat xodimi“ "(1997-yilda berilgan)[2].
  • 2006-yilda „Oʻzbekiston mustaqilligiga 15 yil“ esdalik belgisi bilan mukofotlangan.
  • 2004-yilda „Fidokorona xizmatlari uchun“ ordeni bilan taqdirlangan[3].
  • 2011-yil 23-avgustda „Oʻzbekiston Qahramoni“ unvoni berildi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Novosti za 25 yanvarya 2005 g. (Wayback Machine saytida 2012-02-02 sanasida arxivlangan) // IA „Jaxon“
  2. Указ Президента Республики Узбекистан от 27 avgust 1997 года № УП-1835 «О награждении группы государственных служащих, а также работников производственных отраслей и социальной сферы в связи с шестой годовщиной независимости Республики Узбекистан
  3. Указ Президента Республики Узбекистан от 14 aprel 2004 года № УП-3415 «О награждении группы работников в связи с 60-летием акционерного производственного объединения «Узбекский металлургический комбинат»
  4. Islam Karimov prisvoil zvanie geroya ryadu trujenikov strani // UzInform