Aleksandr Dorofeev (1960)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Aleksandr Nikolayevich Dorofeev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 7-avgust 1960-yil
Tavallud joyi Brianka, Lugansk viloyati, Ukraina SSR, SSSR
Boʻyi 173 sm
Ampluasi himoyachi
Vazni 73 kg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1977−1980 Zarya 14 (0)
1980 Staxanov 4 (0)
1981 Xiva 23 (2)
1982 Torpedo 20 (0)
1983 Paxtakor 0 (0)
1983-1984 Soʻgʻdiyona 45 (1)
1985 Dinamo 5 (0)
1985 Paxtakor 12 (0)
1986−1987 Zarya 36 (1)
1987-1988 Torpedo 43 (5)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Nikolayevich Dorofeev (1960-yil 7-avgust, Brianka / Kadiyivka[1][2]) – sovet futbolchisi, himoyachi, yarim himoyachi .

Hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Lugansk sport maktab-internati tarbiyalanuvchisi, birinchi murabbiy V.V.Pershin. 1977-yildanVoroshilovgradning „Zarya“ klubida oʻynagan. SSSR chempionatidagi debyutini 1978-yil 10-sentabrda „Dnepr“ga qarshi uy uchrashuvida oʻtkazgan (2:2). Ushbu oʻyinda 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. Keyingi yili u yana ikkita oʻyin oʻtkazdi. Jumladan, Kiyevning „Dinamo“ klubiga qarshi oʻyinda (1:1) 68-daqiqada almashtirildi, „Zenit“ bilan oʻyinda soʻnggi daqiqada maydonga tushdi. U birinchi (1980, 1983—1985, 1987) va ikkinchi (1980—1982, 1985—1986, 1987—1089) ligalarining „Zarya“ Voroshilovgrad (1980, 1986—1987) „Staxanov“, Xiva (1981), „Torpedo Lutsk“ (1982), "Soʻgʻdiyona (futbol klubi)" (1983—1984), Samarqandning "Dinamo" (1985), Toshkentning „Paxtakor“ (1985), „Torpedo Taganrog“ (1987-1988), „Nikolayev“ futbol klublarida toʻp surdi (1989).

1983-yilda „Paxtakor“ jamoasi tarkibida ikkita oʻyin oʻtkazgan.

Aleksandr Dorofeev viloyat darajasidagi klublardan „Sokol Rovenki“ (1989-1990), „Yugostal Enakievo“ (1990) klublarida oʻynagan.

Yoshlar kubogi sohibi (1976). SSSR yoshlar oʻyinlari gʻolibi (1977). Ukraina SSR chempioni (1986).

1976-yildan beri Aleksandr Dorofeev Ukraina SSR yoshlar terma jamoasi oʻyinlarida ishtirok etib, uning tarkibida 1976-yilda Yoshlar kubogi gʻolibiga aylangan. 1977-yilda Ukraina SSR terma jamoasi tarkibida SSSR yoshlar oʻyinlari gʻolibi boʻldi. Oleksandr Dorofeev SSSR yoshlar terma jamoasiga ham jalb qilingan.

Oʻgʻli Sergey ham futbolda faoliyat yuritgan[3].

Futbolchilik faoliyatini yakunlaganidan soʻng[tahrir | manbasini tahrirlash]

Futboldagi faoliyatini yakunlagandan soʻng, Aleksandr Dorofeev Rossiyaga koʻchib oʻtdi va u yerda Dubna shahridagi „Xvyla“ yoshlar sport klubining murabbiyi boʻldi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Dorofeev Aleksandr Nikolaevich
  2. Profil FootballFacts.ru saytida
  3. Profil FootballFacts.ru saytida

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]