Kontent qismiga oʻtish

Aleksandr Babkin

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aleksandr Babkin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Aleksandr Yevgeniyevich Babkin
Tavallud sanasi 18-mart 1955-yil (1955-03-18) (70 yosh)
Tavallud joyi Moskva viloyati, RSFSR
Ampluasi Hujumchi, yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1965—1968 Dinamo (Moskva)
1969—1974 Torpedo (Lyuberts)
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1975—1976 Znamnaya Truda 62 (9)
1977 Kuzbas 2 (0)
1977—1979 Angara ? (11)
1979 Traktor (Pavlodar) 9 (0)
1980—1981 Zorkiy 62 (9)
1988—1993 Iskra (Lyuberts) (havaskorlar)
Boshqargan klublari
1982—1987 Zorkiy (yordamchi)
1987—1992 Chertanovo (yoshlar murabbiyi)
1991 MFK Diana-2
1992—1994 MFK Diana
1994—1995 MFK Spartak (Moskva)
1995 MFK Novorus
1995—1997 MFK KSM-24
1997—1998 MFK Feniks (Chelyabinsk)
1998—2000 Chertanovo (ayollar)
2000—2002 GKI-Gazprom
2002—2004 MFK Spartak (Moskva)
2004—2006 MFK CSKA
2006—2010 MFK Sparta-Shyolkovo
2008 Oʻzbekiston (futzal)
2010—2015 MFK Mitishi
2011—2012 Rossiya (yoshlar futzal jamoasi)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Aleksandr Yevgeniyevich Babkin (1955-yil 18-mart[1] yoki 1956-yil 18-mart[2] yoki 1954-yil 18-mart, Lyubertsi[3] yoki Moskva[2]) – sovet futbolchisi, rossiyalik futzal va futbol murabbiyi. Rossiyada xizmat koʻrsatgan murabbiy.

Moskvaning „Dinamo“ yoshlar sport maktabi (1965—1968) va „Torpedo Lyubertsi“ (1969—1974) futbol jamoalarining yoshlar tarkibida taʼlim olgan. SSSR chempionatida quyi ligasidagi „Znamya Truda“ Orexovo-Zuevo (1975—1976), Kemerovoning „Kuzbass“ (1977), Angarskning „Angara“ (1977—1979), Pavlodarning „Traktor“ (1979), „Zorkiy“ Krasnogorsk (1980—1981), 1988—1993-yillarda „Iskra Lyubertsi“ jamoalarida oʻynagan.

Katta futbolda „Zorkiy“ (1982—1987) va „CHertanovo“ (1987—1992) yoshlar jamoalarida murabbiy boʻlib ishlagan. 1998—2000 yillarda Chertanovo ayollar jamoasini boshqargan.

1990-yillarning boshidan u Rossiyaning yetakchi futzal klublari, jumladan, Dina Moskva, Spartak / Novorus, KSM-24/GKI-Gazprom va boshqalar bilan ishlagan. Koʻp marotaba Rossiya chempioni (1992/1993, 1993/1994) va futzal boʻyicha Rossiya chempionatlari sovrindori, Rossiya kubogi (1992, 1993, 2000, 2002) va Rossiya Superkubogi (2001, 2003) gʻolibi boʻlgan.

2008-yilda Oʻzbekiston milliy futzal terma jamoasini bosh murabbiy sifatida Osiyo chempionatida boshqargan.

2009/2010-yilgi mavsumda u Rossiya birinchi divizioni futzal klubi „Sparta-Shchelkovo“ bosh murabbiyi boʻlgan. 2010-yilning 23-noyabrida u Rossiya Superligasi MFK Mitishchi klubiga bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi[4]. Keyinchalik jamoada besh yil davomida bosh murabbiy sifatida ishlagan. Klubda ishlash bilan bir vaqtda futzal boʻyicha Rossiya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlgan (2011—2012).

  1. „Бабкин Александр Евгеньевич | Assotsiatsiya mini-futbola Rossii“. 2017-yil 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.
  2. 2,0 2,1 footballfacts.ru. 2019-yil 4-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.
  3. footbook.ru
  4. „Бабкин назначен и. о. главного тренера МФК «Мытищи»“. 2019-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 30-yanvar.