Albaniyada Navroʻz
Albaniyada Navroʻz — har yili 22-mart kuni Sulton Navroʻz nomi bilan nishonlanadi. Ushbu bayram 4-xalifa Ali ibn Abu Tolibning (milodiy 661-yilda vafot etgan) tavallud topgan kuni va bir vaqtning oʻzida bahor kelishi munosabati bilan nishonlanadi[1][2]. 1996-yilda esa rasman davlat bayrami sifatida eʼlon qilingan[3]. Navroʻz bayrami mamlakatdagi bektoshiylar (shia diniga mansubligi sababli) orasida juda mashhur, ammo sunniylik, katoliklik va pravoslavlik tarafdorlari ham Albaniyaning ekumenik ruhini hurmat qilish maqsadida Navroʻz bayramida ishtirok etadilar[1], ular orasida esa sunniylar jamoasi boshqa guruhlarga qaraganda koʻproq ushbu bayram tarafdori boʻlib koʻrinadi[1][4]. „Albaniyadagi Imomlar Ligasi“ Navroʻz bayramining nishonlanishiga qarshi boʻlib, ular bu bayramni butparastlikdan kelib chiqqan deb hisoblashadi. Musulmonchilik bayramlari sifatida esa faqatgina Roʻza hayiti va Qurbon hayitlarini nishonlash kerak deb biladilar[1].
Xalqaro taʼsiri
[tahrir | manbasini tahrirlash]Taniqli bektoshiy arboblari aqida, millat va taraqqiyparvarlik oʻrtasida aloqa oʻrnatish maqsadida Navroʻz va Ashuro bayramlarini ommaviy ravishda nishonlagan[5]. Baʼzi omillar, masalan, Eronning Albaniyadagi elchixonasi va baʼzi alaviya tarmoqlari ushbu ommaviy tashabbus va marosimlarni tez-tez qoʻllab-quvvatlagan[5]. Eron hukumati Bektoshi muxtoriyatiga taʼsir oʻtkazmasdan Bolqon yarim orolida oʻz taʼsirini kengaytirish maqsadida madaniy va siyosiy yordam bergan[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Bria 2020.
- ↑ Elsie 2019.
- ↑ „Nevruz in Albania in 2022“. officeholidays.com. Qaraldi: 2021-yil 23-mart.
- ↑ Algar 1989.
- ↑ 5,0 5,1 5,2 Bria 2019.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yarshater, Ehsan, ed (1982–2021). "BEKTĀŠĪYA". Encyclopædia Iranica. London and New York: Routledge & Kegan Paul. https://iranicaonline.org/articles/bektasiya.
- Bria, Gianfranco (2019). "Post-Socialist Sufi Revival in Albania: Public Marginality or Spiritual Privatisation?". Journal of Muslims in Europe 8 (3). doi:10.1163/22117954-12341401.
- Bria, Gianfranco (2020). "Celebrating Sultan Nevruz: Between Theological Debate and Multi-Framed Practice in Contemporary Albania". Studia Islamica 114 (3): 355–377. doi:10.1163/19585705-12341400.
- Elsie, Robert. The Albanian Bektashi: History and Culture of a Dervish Order in the Balkans. Bloomsbury Publishing, 2019. ISBN 9781788315715.