Alan Budikusuma

Alexander Alan Budikusuma Wiratama (1968-yil 29-martda tugʻilgan, xitoycha: 魏仁芳: Goei Djien Phang sifatida) — 1980-yillarning oxiridan 1990-yillarning oʻrtalarigacha jahon darajasida muvaffaqiyat qozongan sobiq indoneziyalik badmintonchi.
Faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]
1991-yilda Kopengagenda boʻlib oʻtgan IBF boʻyicha jahon chempionatida xitoylik Zhao Jianhuadan keyin ikkinchi oʻrinni egalladi. Alan Barselonada 1992-yilgi Olimpiada oʻyinlarining yakkalik bahslarida hamyurti Ardy Wiranatani finalda magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Uning ushbu yutugʻi bilan birga oʻsha paytdagi jamoadoshi Susi Susantining oltin medali Indoneziya uchun mamlakatning 50 yillik tarixida birinchi Olimpiada oltin medallarini qoʻlga kiritilishi edi. 1992-yil avgust oyida Susi Susanti va Alan Budikusuma oʻz mamlakatlariga qaytib, ikki soatlik paradni qabul qilishganda, 500,000 dan bir milliongacha indoneziyaliklar Jakarta koʻchalarida ularni sharaflab saf tortdilar.[1] Gʻarbiy Java gubernatori Yogie S. M. gʻalabasidan keyin unga Gʻarbiy Java faxriy fuqaroligini berdi.[2]
Alanning oʻtkazgan oʻyinlari tarkibiga Tailand ochiq turniri (1989, 1991), Xitoy ochiq turniri (1991), Germaniya ochiq turniri (1992), Indoneziya ochiq turniri (1993), Jahon chempionati (1993) va Malayziya ochiq turniridagi (1995) yakkalik bahslari misol boʻladi. Budikusuma 1996-yilda jahon chempioni Indonesian Thomas Cup jamoasi aʼzolaridan biri boʻlgan.
Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]
U badminton boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Olimpiada oʻyinlari oltin medali sovrindori (1992-yilda) Susi Susanti bilan turmush qurgan. Ularning 1999-yilda tugʻilgan Lourencia Averina, 2000-yilda tugʻilgan Albertus Edward va 2003-yilda tugʻilgan Sebastianus Frederick ismli uchta farzandi bor. Alan va Susining Jakarta Utarada badminton klubi bor.[3] Alan Budining Yohan Hadikusuma ismli ukasi boʻlib, u ham badminton bilan shugʻullanadi, lekin Yohan Gonkong vakili boʻlib oʻyinlarda ishtirok etadi.
Yutuqlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Olimpiada oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Erkaklar yakkalik oʻyinlari
Yil | Oʻtkazilgan joy | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|
1992 | Pavelló de la Mar Bella, Barcelona, Ispaniya | ![]() |
15–12,
18–13 |
![]() |
Jahon chempionatlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Erkaklar yakkalik oʻyinlari
Yil | Oʻtkazilgan joy | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|
1991 | Brondby Arena, Kopengagen, Daniya | ![]() |
13–18,
4–15 |
![]() |
Jahon chempionati[tahrir | manbasini tahrirlash]
Erkaklar yakkalik oʻyinlari
Yil | Oʻtkaziladigan joyi | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|
1995 | Istora Senayan, Jakarta, Indoneziya | ![]() |
7–15,
15–11, 8–15 |
![]() |
1993 | Indira Gandi Arena, Nyu-Dehli, Hindiston | ![]() |
15–8,
17–16 |
![]() |
1987 | Stadium Negara, Kuala-Lumpur, Malayziya | ![]() |
13–18,
4–15 |
![]() |
Osiyo oʻyinlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Erkaklar yakkalik oʻyinlari
Yil | Oʻtkaziladigan joy | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|
1990 | Pekin Gymnasium, Pekin, Xitoy | ![]() |
14–17,
8–15 |
![]() |
IBF Jahon Grand Prisi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Jahon badminton Grand Prisi 1983-yildan beri Xalqaro badminton federatsiyasi (IBF) tomonidan tasdiqlangan.
Erkaklar yakkalik oʻyinlari
Yil | Turnir | Raqib | Hisob | Natija |
---|---|---|---|---|
1997 | Vietnam Open | ![]() |
6–15, 15–9, 3–15 | ![]() |
1995 | Hong Kong Open | ![]() |
18–13, 13–15, 4–15 | ![]() |
1995 | Malaysia Open | ![]() |
15–5, 15–8 | ![]() |
1994 | Grand Prix Finals | ![]() |
15–9, 7–15, 5–15 | ![]() |
1994 | China Open | ![]() |
15–10, 15–12 | ![]() |
1994 | Denmark Open | ![]() |
18–17, 4–15, 10–15 | ![]() |
1993 | Dutch Open | ![]() |
15–11, 5–15, 11–15 | ![]() |
1993 | German Open | ![]() |
5–15, 2–15 | ![]() |
1993 | Indonesia Open | ![]() |
15–10, 14–17, 15–4 | ![]() |
1992 | Grand Prix Finals | 9–15, 15–5, 7–15 | ![]() | |
1992 | Thailand Open | ![]() |
10–15, 15–10, 10–15 | ![]() |
1992 | German Open | ![]() |
15–11, 15–2 | ![]() |
1992 | Korea Open | ![]() |
7–15, 11–15 | ![]() |
1991 | China Open | ![]() |
7–15, 15–5, 15–12 | ![]() |
1991 | Thailand Open | ![]() |
14–17, 15–1, 15–10 | ![]() |
1990 | Thailand Open | ![]() |
11–15, 13–18 | ![]() |
1989 | Dutch Open | ![]() |
15–7, 15–12 | ![]() |
1989 | Thailand Open | ![]() |
17–14, 15–8 | ![]() |
1989 | Swedish Open | ![]() |
4–15, 4–15 | ![]() |
- IBF Grand Pri turniri
- IBF Grand Pri final turniri
Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]
- ↑ Clarey, Christopher. „ATLANTA 1996 -- BADMINTON IN INDONESIA;This Is No Picnic: In Southeast Asia, Respect Rides on a Shuttlecock“. The New York Times (25-iyun 1996-yil). „Alan Budi Kusuma“.
- ↑ „Susi Mendapat "Putra Utama"“. Kompas (18-avgust 1992-yil), s. 15. Qaraldi: 27-iyun 2021-yil.
- ↑ „Indonesia's Golden Couple who won badminton’s first Olympic golds“. Yahoo! News. Qaraldi: 22-iyun 2022-yil.