Alamlisoy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alamlisoy
Tavsif
Uzunligi 8
Suv sarfi 0,025 m³/s
Davlat Oʻzbekiston


Alamlisoy — Samarqand viloyati Payariq tumanidagi soy. Qaroqchitogʻning janubiy yon bagʻrida 900 m bal.dan boshlanib, Tohirshayx adirlarida tugaydi. Uzunligi 8 km dan ziyod. Alamlisoy vodiysining kengligi 100-200 m. Vodiyda uchtagacha terrasa bor. Suv yigʻish havzasi maydoni 11 km². Yomgʻir va buloqlardan suv oladi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 20-25 l/sek. Alamlisoy suvining koʻp qismi (40%) bahorda (birgina aprel oyida 18%) oqadi, qolgan oylarda 5-9% dan ortmaydi. Bahorda sel kelib turadi. Alamlisoy yoqasida Alamli qishlogʻi chorvadorlarining qoʻtonlari joylashgan.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil