Alakazam the Great

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Alakazam the Great
Rejissyor(lar) Taiji Yabushita
Daisaku Shirakawa
Prodyuser(lar) Hiroshi Okawa
Ssenariynavis(lar) Keinosuke Uekusa
Rollarda Kiyoshi Komiyama
Noriko Shindō
Hideo Kinoshita
Setsuo Shinoda
Sharhlovchi(lar) Sterling Holloway
Bastakor(lar) Ryoichi Hattori
Kinematografiya Harusato Otsuka
Komei Ishikawa
Kenji Sugiyama
Muharrir(lar) Shintaro Miyamoto
Kanjiro Igusa
Studiya(lar) Toei Doga
Distribyutor Toei Company
Chiqarilgan sanasi
  • 14-avgust, 1960-yil(1960-08-14) (Yaponiya)
Davomiyligi 88 daqiqa
Mamlakat Yaponiya bayrogʻi Yaponiya
Til yaponcha

Alakazam the Great (Yaponiyada Saiyūki (yaponcha: 西遊記?, lit. "Journey to the West") ("G'arbga sayohat") nomi bilan tanilgan) 1960-yilda yaratilgan XVI asrning „Gʻarbga sayohat“ nomli xitoy romaniga asoslangan yapon anime musiqiy filmidir. Ushbu film AQShda chiqarilgan eng birinchi anime filmlaridan biri hisoblanadi[1]. Toei kompaniyasi tomonidan ishlangan filmga Osamu Tezuka rejissyor sifatida tayinlangan. Biroq, keyinchalik Tezuka studiyada boʻlgan vaqtida reklama uchun suratga tushish bilan mashgʻul boʻldi[2]. Ammo, uning filmni targʻib qilishdagi ishtiroki uning animatsiyaga qiziqishiga sabab boʻldi[3].

Mazmuni[tahrir | manbasini tahrirlash]

Alakazam yosh va jasur maymun (makaka) boʻlib, uni boshqa barcha maymunlar oʻzlarining podshosi etib tayinlashgan. Alakazam taxtga erishgach, qoʻpol va mustabid mavjudotga aylanadi hamda, insonning oʻzidan ulugʻ ekanligiga ishonmay qoʻyadi. Keyin u sehrgar Merlinni unga sehr oʻrgatish uchun aldaydi/majburlaydi (buni istamagan Merlin, u hozir qoʻlga kiritgan kuchlar keyinchalik unga koʻp baxtsizliklar olib kelishidan ogohlantiradi).

Alakazam shu qadar magʻrur boʻlib qoladiki, u oʻzining sehrli kuchlarini suiisteʼmol qiladi va qirol Amoga qarshi chiqish uchun Majutsu yeriga (osmonlarga) chiqishni xohlab qoladi. U qirol Amo tomonidan magʻlub etiladi. Jazo sifatida Alakazam ziyoratgohda shahzoda Amatning qoʻriqchisi boʻlib xizmat qilishga hukm qilinadi; bundan koʻzlangan maqsad uni kamtarlikka oʻrgatish edi. Oxir-oqibat, u koʻplab saboqlarni oladi va haqiqiy qahramonga aylanadi.

Rollarda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yapon nomi Yapon ovozli aktyori Inglizcha nomi Ingliz ovozli aktyori
Sun Wukong Kiyoshi Komiyama Alakazam Peter Fernandez (ovoz bergan)
Frenkie Avalon (qoʻshiqlarni kuylagan)
Lin-Lin Noriko Shindo DeeDee Corinne Orr (ovoz bergan)
Dodie Stivens (qoʻshiqlarni kuylagan)
Zhu Bajie Hideo Kinoshita Ser QuigleyBroken Bottom Jonathan Winters
Sha Wujing Setsuo Shinoda Maks Lulipopo Arnold Stang
Tang Sanzang Nobuaki Sekine Shahzoda Amat Larry Robinson
Shakyamuni Kunihisa Takeda Qirol Amo Jack Curtis
Guanyin Katsuko Ozaki Qirolicha Amas Joyce Gordon
Shoryu Michiko Shirasaka Filo Fester Billie Lou Watt
Bull Demon King Kinshiro Ivao Daxshatli qirol Jack Curtis
Temir malika muxlisi Tamae Kato Dahshatli malika Joyce Gordon
Oltin tojli shoh Kiyoshi Kavakubo Herman McSnarles Bernard Grant
Kumush tojli shoh Shuichi Kazamatsuri Zararkunanda McSnarles George Gonneau
Subhuti Nomaʼlum Merlin Nomaʼlum
Taibai Jinxing Nomaʼlum Nomaʼlum Nomaʼlum
Erlang Shen Nomaʼlum Gerkules Nomaʼlum

AQSh nashri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film Amerika Qoʻshma Shtatlarida American International tomonidan 1961-yil 26-iyulda katta ekranga chiqarilgan. Amerika film ekranga chiqarilishidan avval undagi nechta sahnalar taqiqga uchradi va qayta tahrirlangan, shuningdek, ijodiy guruh rahbari tomonidan Les Baxter yangi saundtrek yaratish uchun yollangan. Frenki Avalon Alakazamning qoʻshiqlarini kuylagan (Peter Fernandez tomonidan ovoz berilgan), Sterling Holloway esa ingliz tilidagi hikoyani oʻqib bergan. Boshqa mashhur ovoz bergan ijodkorlar orasida Jonathan Winters, Arnold Stang, Dodie Stivens va E. G. Marshall bor edi.

Qabul qilinishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Film Yaponiyada katta muvaffaqiyatga erishdi, ammo katta marketing byudjeti va kuchli reklamaga qaramay, film Qoʻshma Shtatlarda muvaffaqiyatsizlikka yuz tutdi. Los Angeles Times buni „issiq, qiziqarli va hayajonli… sanʼat asari haqiqatan ham zoʻr“ deya baholadi[4]. Film "Barcha davrlarning eng yomon ellikta filmi" roʻyhatiga kiritilgan va kitobda aks ettirilgan yagona animatsion film hisoblanadi[5].

Ommaviy axborot vositalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Filmning AIP versiyasi birinchi marta VHSda 1980-yillarda HBO/Cannon Video tomonidan chiqarilgan (oʻsha vaqtlarda Orion Pictures litsenziyasi ostida). Ushbu versiya 1990-yilda Congress Video guruhi tomonidan sekinlashtirilgan kadrda qayta chiqarilgan. Orion Home Video filmni 1995-yilda VHS nashrlarida, keng ekranli lazerli diskda qayta namoyish etgan. MGM Home Entertainment filmni DVD joʻrinishida chiqarmagan boʻlsa-da, AIP versiyasi Netflix va Amazon Prime Videoda translyatsiya qilish uchun taqdim etgan.

Ommaviy madaniyatda[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mario videooʻyinining franchayzing antagonisti Bowser filmdan ilhomlangan. Nintendo oʻyini dizayneri Shigeru Miyamoto qahramonning tashqi koʻrinishi uchun anime filmlaridan foydalangan. U birinchi boʻlib Bowzerni ho'kiz sifatida tasavvur qilgan va uni filmdagi Ox-Qirolga moslashtirgan[6].


Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Lenburg, Jeff. The Encyclopedia of Animated Cartoons. Checkmark Books, 1999. ISBN 0-8160-3831-7. 6-iyun 2020-yilda qaraldi. 
  2. Beck, Jerry. The Animated Movie Guide. Chicago: Chicago Review Press, 2005. ISBN 1-55652-591-5. 
  3. Patten. „A Capsule History of Anime“. Animation World Network (1996). Qaraldi: 4-dekabr 2014-yil.
  4. Warren, Geoffrey. 'Alakazam' Delightful New Cartoon Movie. Los Angeles Times (23-sentabr 1961-yil), s. A6.
  5. „The Fifty Worst Films of All Time“.
  6. David Oxford. „Iwata Asks:The Birth of Bowser“. Ds.Kombo. 2010-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-avgust 2010-yil.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]