Al-magest

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Jump to navigation Jump to search

"Al-magest" (arab. — al-Majistiy, lot. Almagestum — "Buyuk qurilish") — yunon astronomi Ptole-meyning mashhur asari; 150—160-y.lar-da yozgan. Bag‘dod xalifasi Ma’munning farmoni bilan taxminan 825 y.da arab tiliga tarjima qilingan. Yunon astro-nomik komusi hisoblangan. "A."da mu-allif o‘zining ilmiy tekshirishlarini qo‘shgan holda o‘sha davrda ma’lum bo‘lgan astronomik bilimlarni bayon etgan. Unda olam tuzilishining geotsentrik ti-zimi birinchi marta bayon etilgan bo‘lib, Quyosh, Oy, sayyoralar va yulduzlarning ko‘rinma harakati tushuntiriladi. Bu tizimga ko‘ra, olamning markazida Yer turadi va u harakat qilmaydi. "A."da 1028 ta yulduzni o‘z ichiga olgan qad. yul-duz jadvallaridan biri ham bor. Astro-nomiyaning chuqur tushunchalariga asos-lanib yozilgan "A." butun dunyoga keng tarqalgan. Abu Rayhon Beruniy "A."ni qadimgi hind tiliga tarjima qilgan. 1515 y. "A" Venesiyada arab tilidan ly-tin tiliga tarjima qilinib nashr etil-gan. "A." Yevropa tillariga ham tarjima qilingan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Andoza:Astronomy-stub