Al-Zigʻoyn

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Zigʻoyn
الزغين
Qishloq
Al-Zigʻoyn is located in Qatar
Al-Zigʻoyn
Qatardagi joylashuvi
Koordinatalari: 25°18′0″N 50°52′0″E / 25.30000°N 50.86667°E / 25.30000; 50.86667 G OKoordinatalari: 25°18′0″N 50°52′0″E / 25.30000°N 50.86667°E / 25.30000; 50.86667 G O
Mamlakat Qatar
Munitsipalitet Al-Shahaniya

Al-Zigʻoyn (arabcha: الزغين) – Qatarning Al-Shahaniya munisipalitetida joylashgan qishloq. Duxon shahrining janubida joylashgan[1]. Qishloq yaqinida Ayn Al-Zigʻoyn deb nomlangan buloq bor[2].

Etimologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

"Zigʻoyn" soʻzining arabchadan soʻzma-soʻz tarjimasi „qoʻltiq“dir. Ushbu nom hududga berililish sababi qishloq landshafti chuqur krateriga oʻxshaydi[2].

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Qishloq 1950-yilda Duxon sanoat shahrida ishlaydigan neftchilar uchun turar joy sifatida tashkil etilgan. Manasir qabilasining badaviylari va Bani Hajr qabilalari uning ilk aholisining asosiy qismini tashkil qilgan. Taxminan 1990-yilda qishloqda 20 ga yaqin uy mavjud boʻlib, uning mehnatga layoqatli aholisining aksariyati neft sanoatida ishlagan. Qishloqda maktab boʻlmagani uchun bolalar Duxon shahrida taʼlim olar edi[3].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „الوالد مبارك المنصوري "للشرق": عشنا أجمل الأيام بمنطقة "الزغين"“ (Arabic). Al Sharq (2016-yil 5-iyun). Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
  2. 2,0 2,1 „GIS Portal“. Ministry of Municipality and Environment. 2018-yil 18-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 15-iyul. . Ministry of Municipality and Environment. Archived from the original (Wayback Machine saytida 2018-11-18 sanasida arxivlangan) on 18 November 2018. Retrieved 15 July 2018.
  3. Fahd Abdul Rahmn Hamad Al-Thani. „The Spatial Impact of the Hydrocarbon Industry on Land and Sea Use in Qatar“. University of Durham; Durham e-Thesis (1992).