Al-Xorazmiy va Beruniy nomidagi Xorazm tarixi muzeyi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Al-Xorazmiy va Beruniy nomidagi Xorazm tarixi muzeyiOʻzbekistondagi muzeylardan biridir. Muzey oʻrta asrlarning yetuk olimi, aljabr fanining asoschisi Al-Xorazmiy yubileyi munosabati bilan ochilgan. Bu muzey asli xorazmlik, tarixchi va faylasuf Beruniy sharafiga ham shunday nomlangan. Muzey ekspozitsiyasi eski Toshhovli saroyidan olib kelingan. Arxeologiya boʻlimi taniqli olim sharqshunos S. P. Tolstov rahbarligi ostida Xorazm arxeologik-etnografik ekspeditsiyasi materiallari asosida barpo etilgan. Muzeyda Qoʻyqirilgan qalʼa (miloddan avvalgi 3-asr) va Tuproq qalʼa (milodiy 6-asr) koʻhna joylaridan topilgan arxeologik yodgorliklar namoyish etilgan. Ibodatxonadan „Xorazm maʼbudasi ushlagan koʻza“ deb nom olgan haykal topilgan boʻlib, uning nusxasini muzeyda koʻrish mumkin. Tuproqqalʼa saroyidan topilgan haykal va monumental qoʻlyozma parchalari oʻziga xos qiziqish uygʻotadi. Ichanqalʼa va Dishonqalʼadagi taʼmirlash ishlari mobaynida topilgan arxeologik obidalar, maketlar, keramik qoplama parchalari oʻrta asrlar madaniyati haqida hikoya qiladi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]