Arximed qonuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Arximed qonuni - gidrostatika va aerostatikaning asosiy qonuni. Miloddan avvalgi 3-asrda Arximed ochgan.

Qonun va unga izoh[tahrir]

Arximed qonunining formula koʻrinishi:

{F}_A = \rho {g} V,

bu yerda \rho — suyuqlik yoki gazning zichligi, {g}erkin tushish tezlanishi, V boʻlsa — botirilgan jismning hajmi (botirilgan qismining.

Agar jismning og‘irligi "ko‘tarish kuchi"ga teng bo‘lsa, jism suyuqlik yoki gaz hajmining istalgan joyida bo‘la oladi

Suyuqlik yoki gazga botirilgan har qanday jismga shu jism siqib chiqargan suyuqlik yoki gaz og‘irligiga teng gidro-, aerostatik "ko‘tarish kuchi" ta’sir qilishini ifodalaydi. Bu kuch jism sirtiga suyuqlik yoki gaz tomonidan ta’sir qiluvchi bosim kuchlarining teng ta’sir etuvchisi bo‘lib, yuqoriga tik yo‘naladi. Agar jismning og‘irligi "ko‘tarish kuchi"dan katta bo‘lsa, jism cho‘kadi, kichik bo‘lsa — cho‘kmaydi, teng bo‘lsa, jism suyuqlik yoki gaz hajmining istalgan joyida bo‘la oladi. Bu qonun bir jinsli bo‘lmagan suyuqlik va gazlarga ham taalluqlidir.

Adabiyotlar[tahrir]