Al-Souk al-Kabir

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Souk al-Kabir

السوق الكبير
Turar-joy hududi
Skyline of Al-Souk al-Kabir
25°15′44″N 55°17′40″E / 25.26222°N 55.29444°E / 25.26222; 55.29444 G OKoordinatalari: 25°15′44″N 55°17′40″E / 25.26222°N 55.29444°E / 25.26222; 55.29444 G O
Mamlakat Birlashgan Arab Amirliklari
Amirlik Dubay
Shahar Dubay
Asos solingan 1890-yillar
Maydon 0.855 km2 (0.330 mi²)
Aholisi
 (2000)
26,405
Al-Souk al-Kabir xaritada
Al-Souk al-Kabir
Al-Souk al-Kabir

Al-Souk al-Kabir (arabcha: السوق الكبير; shuningdek, Souk al-Kabir yoki Meena bozori deb ham ataladi) – Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Dubay shahrida joylashgan turar-joy hududi. Al-Souk al-Kabir Bur Dubay hududida joylashgan boʻlib, bu yerda, asosan, Janubiy Osiyo aholisi istiqomat qiladi. Al-Souk al-Kabir bir qancha restoranlar va doʻkonlarga ega boʻlgan shaharning eng qadimgi turar-joy hududlaridan biri hisoblanadi. Mahalliy Pokiston va Hindiston hamjamiyatlari tomonidan Meena bozori deb atalgan hudud Dubayning tarixiy al-Bastakiya tumanini ham qamrab oladi.

Diqqatga sazovor joylari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Souk al-Kabirning muhim diqqatga sazovor joylariga al-Bastakiya tumani, al-Fahidi qal’asi, Dubay muzeyi, Baroda banki va Dubayning hind ibodatxonasi kiradi.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bur Dubay (arabcha: بر دبي) Dubayning eng qadimgi tarixiy mahallasi hisoblanadi. Al-Souq al-Khabir (Meena bozori) hududning shimolida, Dubay Creek yaqinida joylashgan. Bani Yas qabilasi XIX asrda aynan shu hududda qoʻnim topgan. Bu hudud Dubayning marvarid va baliqchilik sanoatida ham muhim rol oʻynagan[1].

Zamonaviy davr[tahrir | manbasini tahrirlash]

Al-Souk al-Kabir, asosan, Janubiy Osiyo moda olamidagi muhim liboslar va aksessuarlarni sotuvchi koʻplab toʻqimachilik doʻkonlari va bozorlari bilan mashhur[2]. Shuningdek, hududda tikuvchilik, tilla doʻkonlari, elektronika va boshqa kichik korxonalar, turli xil oziq-ovqat doʻkonlari, restoran va kafelar ham faoliyat yuritadi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Terterov, Marat. Doing Business with the United Arab Emirates (en). GMB Publishing Ltd, 2006. ISBN 978-1-905050-72-7. 
  2. B. „Guide to shopping in 'Little India' Meena Bazaar Dubai“ (en-gb). dannibindubai.com (2022-yil 6-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 9-iyun.