Al-Imom Abu Isʼhoq

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Al-Imom Abu Isʼhoq
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 1158-yil (hijriy 536-yil)
Dini Islom

Ibrohim ibn Ahmad ibn Muhammad ibn Ali ibn Ato al-Falxoriy, al-Marvaziy, ash-Shahid — „Zayn al-islom ash-shahid“ („Islomning shahid ketgan ziynati“) laqabi bilan tanilgan. Kelib chiqishi Marv ahliga borib taqalgan. Ilm, fazl, fatvo va taqvo ahlidan bo‘lgan. Marvdagi Tamimiya madrasasida al-Vohidiyning „al-Vasit“ („O‘rtacha“) kitobidan hadis tinglagan. Shuningdek, yana al-Vohidiyning „Tirozu-l-mag‘oziy“ („Maʼnolar tizimi“) kitobini tinglagan. U ulamolardan, undan esa boshqalar rivoyat qilganlar. Al-Marvaziy milodiy 1158-yil (hijriy 536-yil) Xorazmshoh fitnasida o‘ldirilgan[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Z. Munavvarov va boshqalar. Ренессанс олимлари қомуси (oʻzbekcha, inglizcha va arabcha), 2021-yil — 88 bet. ISBN 978-9943-7557-7-2.