Al-Hasan masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Hasan masjidi
Al Hasan masjidi
Mamlakat  Bahrayn
Koordinatalar 26°16′34″N 50°35′57″E / 26.2762°N 50.5991°E / 26.2762; 50.5991 G OKoordinatalari: 26°16′34″N 50°35′57″E / 26.2762°N 50.5991°E / 26.2762; 50.5991 G O
Binokorlik ?—2018-yil
Hajmi 2000
Gumbazlar soni 12
Gumbaz yoʻgʻonligi 10.5 m (34.45 ft)
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 55 m (180.46 ft)

Al-Hasan masjidida qadimiy, anʼanaviy va zamonaviy islom sanʼati uygʻunlashgan. U 12 ta gumbaz, ikkita minora va Bahrayndagi eng katta mehrobga ega. Masjid Muhammad bin Yusuf Al-Hasan tomonidan barpo etilgan[1].

Tuzilishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid turk arxitektorlari[2] tomonidan loyihalashtirilgan va 2018-yilda qurib bitkazilgan. Ikki konussimon minora Usmonli uslubida qurilgan boʻlib, balandligi 55 metrni tashkil qiladi. Gumbazlarning umumiy soni 12 ta. Asosiy gumbaz 4 ta oʻrta gumbaz bilan oʻralgan boʻlib, ularning ostida 7 ta kichikroq gumbaz joylashgan. Barcha gumbazlar BAAda ishlab chiqarilgan shisha tolali xomashyodan tayyorlangan. Eshiklar Hindistondan keltirilgan teak daraxti yogʻochidan qilingan. Gilam va 21 ta qandil[3] Turkiyada ishlab chiqarilgan.

Masjid tarkibida ikkita namozxona, Qur’on markazi, ikkita tadbir zali, media markaz shuningdek, imom, muazin, farrosh va ishchilar uchun turar joy mavjud. Masjid namoz zallari va portikolarda umumiy 2000 nafar namozxonni sigʻdira oladi.

Mehrob (namoz oʻqiladigan joy) Misr uslubida yasalgan boʻlib, Misr muhandislari va mutaxassislari tomonidan tayyorlangan.

Turizm[tahrir | manbasini tahrirlash]

Masjid namozgoh boʻlishidan tashqari, 2022-yilning yanvar oyidan boshlab barcha din vakillari uchun sayohatlar amalga oshiriladigan joyga aylandi[4].

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Bahrain News Agency“. www.bna.bh. Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  2. „Busaiteen Mosque – Emaar Engineering“ (en-US). Qaraldi: 2022-yil 20-aprel.
  3. „Yon Grand Chandeliers“. 2023-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 2-noyabr.
  4. „Gulf Weekly: Opening doors to all“.

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]