Al-Anshor masjidi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Masjid
Al-Anshor masjidi
Masjid Al-Anshor
Mamlakat  Indoneziya
Shahar Jakarta
Koordinatalar 6°08′20.5″S 106°48′24.8″E / 6.139028°S 106.806889°E / -6.139028; 106.806889 G OKoordinatalari: 6°08′20.5″S 106°48′24.8″E / 6.139028°S 106.806889°E / -6.139028; 106.806889 G O
Yoʻnalishi sunniy
Asosiy sana:
1648-yil

Al-Anshor masjidi (indonezcha: Masjid Al-Anshor) Indoneziyaning Jakarta shahridagi eng qadimgi masjiddir[1][2]. U Pekojan Tambora hududida joylashgan va 1648-yilda qurilgan.

Tarixi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ushbu masjid nomi ilk bora 1648-yilda cherkov kengashiga ruhoniyning hisobotida maʼlum qilingan. Oʻsha paytda al-Anshor masjidi nafaqat ibodat qilish, balki Kampung Pekojanda Qur’on oʻrganish uchun diniy maktab sifatida ham foydalanilgan. Masjid dastlab Gujarat va Bengaliyalik savdogarlar tomonidan tashkil etilgan boʻlib, ular oʻsha paytda savdo qilish uchun Jakartaga tashrif buyurishgan.

Adolf Heukenning „Jakarta tarixi“ kitobida yozishicha, Yaman va Hindiston musulmonlari Pekojan hududiga kelib joylashgan. U yerdan ular islomni Jakartaning Krukut, Sava Besar, Jati Petamburan, Tanah Abang, Kvitang, Jatinegara va Kavang kabi bir qancha yerlarga tarqatdilar. Al-Anshor masjidi Hindiston fuqarolarining vaqf yerida joylashgan, uning guvohnoma raqami: M.166 18-03-92 AIW / PPAIW: W3 / 011 / c / 4/1991, 8-5-1991. Ushbu masjid shuningdek, DKI Jakarta hukumati tomonidan himoyalangan madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilgan[3].

Al-Anshor masjidining minoralari va gumbazlari yoʻq, qoʻshimcha hashamatli bezaklarga ham ega emas. Bu aholi zich joylashgan hududda barpo etilgan boʻlib, binosi masjiddan koʻra koʻproq uyga oʻxshab ketadi. Uning toʻrtta toʻgʻri yogʻoch toʻsinli ustunlari bezaksiz qilib ishlangan. Masjid 1648-yilda qurilgan boʻlsa-da, binoning aynan qaysi qismi hali ham original ekanligi aniq emas. Chunki masjid 1973 va 1985-yillarda yangilanganidan soʻng binoning eski uslubi deyarli yoʻqolib ketgan.

Yana qarang[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Al-Anshor, Masjid“ (Indonesian). www.jakarta.go.id. 2017-yil 20-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  2. Priliawito, Eko; Aquina, Dwifantya. „Menelusuri Jejak Islam di Jakarta“ (Indonesian). VIVAnews (2011-yil 2-avgust). 2016-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.
  3. Kusumawardhani. „Masjid Tertua di Jakarta Itu Bernama al-Anshor“ (Indonesian). www.teropongsenayan.com (2015-yil 27-iyun). Qaraldi: 2017-yil 18-iyul.