Guash

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Guash (ital. guazzo — suvli boʻyoq) — kukun bilan suv-yelim bogʻlovchilari (aqoqiyo, bugʻdoy kraxmali, dektrin va b.) va oq buyok, (belila) aralashmasidan iborat boʻyoq; shuningdek, shu boʻyoq bilan ishlangan tasviriy sanʼat (rassomlik) asari. Qogʻoz, karton, faner, mato, suyakka naqsh, tasvir ishlashda qoʻllaniladi. Akvarel turi sifatida paydo boʻlgan G.dan oʻrta asrlardayoq Osiyo va Yevropaning koʻp mamlakatlarida, asosan kitob minitayurasida foydalanilgan. 19-asr oʻrtalaridan G. boʻyogʻi sanoatda ishlab chiqarila boshlagach, mustaqil usulga aylandi. G. akvareldan oqboʻyoqqoʻshilganligi, boʻyoq qatlamining qalinligi bilan farq qiladi. Oʻzbekistonda 1920-yillardan, ayniqsa Ikkinchi jahon urushi yillaridan ("OʻzTAG oynasi", "Jangovar qalam" plakatlari va b. da) keng rivojlandi. Hozir G. plakat, amaliy grafika va kitob grafikasi, teatr dekoratsiyasi eskizlari, bezak ishlari, miniatyura, mahobatli rangtasvir, naqqoshlik va b.da keng qoʻllaniladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil