Akromegaliya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Akromegaliya (yun. akros — oyoq-qoʻl va megos — katta) — miya ortigi (gipofiz) oʻsish gormonini ortiqcha ishlab chiqarish natijasida kelib chiqadigan endokrin kasallik. Bunda odamlarning lab, bu-run, pastki va yuqori jagʻi hamda oyoq-qoʻli, shuningdek ichki aʼzolari kattala-shib ketadi. A.da tana skeleta, yumshoq toʻqimalari (biriktiruvchi toʻqima, mu-skul, shilliq pardalar) haddan tashqari oʻsib ketadi. Koʻpincha 18-35 yoshdagi kishilar (aksari ayollar)da uchraydi. A.da ichki sekresiya bezlarining faoliyati ham buziladi. A. rentgen nurlari, gormo-nal preparatlar, shuningdek jarrohlik yoʻli bilan davolanadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil