Kontent qismiga oʻtish

Aki (Kochi)

Koordinatalari: 33°30′0″N 133°54′0″E / 33.50000°N 133.90000°E / 33.50000; 133.90000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Aki

安芸市
Shahar
Skyline of Aki
Aki
Bayroq
Aki
Gerb
33°30′0″N 133°54′0″E / 33.50000°N 133.90000°E / 33.50000; 133.90000
Mamlakat Yaponiya
Hukumat
 • Hokim Ikuo Yokoyama
Maydon 317.21 km2 (122.48 kv mi)
Aholisi
 (31-iyul, 2022)
16 370
Aki xaritada
Aki
Aki
Aki Shahar Hokimiyat binosi
Aki shahar markazining sunʼiy yoʻldosh tasviri
Noradokei Soati
Iwasaki Yataro tugʻilgan manzil

Aki (yaponcha: 安芸市 Aki-shi?)Yaponiyaning Kochi prefekturasida joylashgan. 2022-yilning 31-iyul holatiga koʻra, shaharda 8076 ta xonadon hisobga olingan bo'lib, aholi soni 16,370 kishi va aholi zichligi har kvadrat kilometrga 52 kishini tashkil etadi[1]. Shaharning umumiy maydoni 317.21 km2.

Aki Kochi prefekturasining janubi-sharqidagi joylashgan boʻlib, janubda Tinch okeanining Tosa koʻrfaziga qaragan va shimolda togʻlar bilan chegaradosh. Shahar hududi Aki daryosi o'zani sohillarida joylashgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kochi prefekturasi:

  • Konan
  • Kami
  • Yasuda
  • Umaji
  • Geisei

Tokusima prefekturasi:

  • Naka

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Aki aholisi 16,243 kishini tashkil qildi. Aki 1950-yildan beri aholi soni muntazam kamayib kelmoda[2].

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
1950 31 158—    
1955 29 841−4.2%
1960 30 370+1.8%
1965 26 605−12.4%
1970 24 498−7.9%
1975 24 480−0.1%
1980 25 022+2.2%
1985 25 009−0.1%
1990 23 739−5.1%
1995 22 377−5.7%
2000 21 321−4.7%
2005 20 348−4.6%
2010 19 550−3.9%
2015 17 577−10.1%
2020 16 243−7.6%
Aki population statistics[2]

Butun Kochi prefekturasi kabi, Aki hududi ham qadimgi Tosa viloyati tarkibiga kirgan. Edo davrida bu hudud Tosa klani mulklari tarkibiga kirgan. Meiji islohotidan keyingi zamonaviy munitsipalitetlar tizimi yaratilishi bilan, 1889-yil 1-oktabrda Kochi prefekturasining Aki tumani tarkibida Aki qishlogʻi tashkil etildi. 1895-yil 21-noyabrda Aki shahar maqomiga koʻtarildi. Aki shahri 1954-yil 1-avgustda Ananai (穴内村), Ioki (伊尾木村), Kawakita (川北村), Higashigawa (東川村), Hatayama (畑山村), Inokuchi (井ノ口村), Doi (土居村) va Akano (赤野村)) qishloqlarini oʻziga birlashtirdi.

Aki shahri qishloq xoʻjalik mahsulotlarini yetishtiruvchi shahar sanaladi. U yerda koʻplab fermerlar yashaydi va mahalliy oʻstirilgan baqlajon (なす), dekopon, yuzu va tamaki bilan mashhur. U shuningdek, chirimendon (ちりめん丼) deb nomlangan ovqati, kichkina sardina boʻlaklari bilan qoplangan yashil piyoz va tsuyu sousi solingan guruchli taomi bilan mashhur.

Har yili avgust oyida Aki shaharda Yosakoi (よさこい) festivali va paradi oʻtkazadi. Yosakoy raqsi Kochi prefekturasida paydo boʻlgani sababli, prefekturaning koʻplab shaharlarida uch kunlik Yosakoy festivalida paradlar tashkil qilinib, raqsga bagʻishlangan tadbirlar tashkillashtiriladi. Aki shahar festivali Kochi prefekturasining sharqiy tomonida oʻtkaziladigan eng yirik festivallardan biri boʻlib, avgust oyida haftaning dam olish kunlarida boʻlib oʻtadi. Kochi shahridagi uch kunlik festivalga tayyorgarlik koʻrish uchun yaqin atrofdagi shaharlardan turli guruhlar, shuningdek, Tokusima prefekturasi va Exime prefekturasi aholisi vakillari kelib, Yosakoi festivalida ishtirok etishadi.

Uzoq vaqtlardan buyon oʻrmon xoʻjaligi va koʻmir qazib hamda baliqchilik va qishloq xoʻjaligi iqtisodiyotning asosiy tarmogʻi boʻlgan. Xususan, shahar baqlajon va yuzu ishlab chiqarish boʻyicha Yaponiyadagi yetakchi hududlardan biri hisoblanadi.

Aki shahrida toʻqqizta boshlangʻich davlat maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi va Kochi prefekturasi taʼlim boshqarmasi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi va ikkita davlat yuqori maktabi mavjud.