Akaritsidlar
Qiyofa
Akaritsidlar (grekcha: „akari“ — kana va lotincha: „caedo“ — oʻldiraman) — oʻsimlikxoʻr kanalar, ombor kanalari, shuningdek uy hayvonlari va parranda kanalariga qarshi qoʻllanadigan kimyoviy moddalar.
Oʻsimlikka sirtdan keltan, neoron, omayt, mitak, oltingugurt, ohak-oltingugurt qaynatmasi va singib taʼsir etuvchi (fosfamid, fozalon, karbofos va boshqalar) akaritsidlar boʻlishi mumkin. Singib taʼsir qiluvchi akaritsidlar oʻrgimchakkanadan tashqari yana oʻsimlik bitlarini va boshqa bir qancha soʻruvchi zararkunandalarni ham nobud qiladi. Ombor kanalariga qarshi metilbromid, xlorpikrin va boshqa akaritsidlar qoʻllanadi. Dehqonchilik va bogʻdorchilikda akaritsidlar asosan oʻrgimchakkanaga qarshi ishlatiladi[1].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |