Kontent qismiga oʻtish

Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Madrasa
Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Domulla Ahmadjon ibn mulla Avazjon
Binokorlik tashabbuschisi Domulla Ahmadjon ibn mulla Avazjon
Asosiy sana:
1705-yil
Holati Saqlanib qolmagan


Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasi — Buxoro madrasasi. Madrasa hozirgi kunda saqlanib qolmagan. Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasi Asiriy guzarida[1], Buxoro amiriligida hukmronlik qilgan Amir Nasrulloxon (1826—1860) davrida, Domulla Ahmadjon ibn mulla Avazjon tomonidan bunyod etilgan. Ushbu madrasa 1705-yilda qurilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Ushbu madrasa oldida Domulla Ahmadjon pishiq gʻisht, yogʻoch va ganchdan bitta maktab ham qurdirgan. Domulla Ahmadjon madrasa va maktab faoliyatini taʼminlash maqsadida Buxoroning shimoli rud tumanida 363 tanob yer, Chorbogʻi oliyda bir hammom, Asiriy guzarida esa uchta doʻkonini vaqf qilinadi. Ushbu madrasada har juma kuni imom va maktab muallimi „Ixlos“ surasini uch marotaba oʻqib, savobini voqif ruhiga bagʻishlagan. Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasi har bir hujrasida ikki nafardan talabalar istiqomat qilgan. Vaqf mulki ijaradorlariga uch yildan ortiq ijaraga berilmagan. Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasida koʻplab muallimlar dars bergan. Boshqa vaqf hujjatlariga koʻra ushbu madrasa uchun 1858—1858-yillarda Ahmadjon ibn Avazbadal tomonidan 306 tanob yer vaqf qilingan. Ushbu madrasada tahsil olgan talabalar va mudarrislar toʻgʻrisida ham maʼlumotlar saqlangan[2]. Sadri Ziyo ushbu madrasada 10 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan[3]. Ahmadjon Poʻstindoʻz madrasasi 9 ta hujra va 1 ta dars xona, qishqi masjid va yozgi ayvondan iborat boʻlgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144-bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592-bet. 
  3. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122-bet.