Ahmad Didot

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ahmad Didot
Tavalludi
Ahmed Hoosen Deedat

1-iyul 1918-yil
Vafoti 8-avgust 2005-yil(2005-08-08)
(87 yoshda)
Verulam, Janubiy Afrika Respublikasi
Fuqaroligi Britaniya Hindistoni, Hindiston, JAR va Hindiston ittifoqi
Kasbi Missioner
Notiq
Xalq maʼruzachisi
Yozuvchi
Faoliyat yillari 1942-1996
Dini sunniy islom
Mukofotlari Qirol Faysal xalqaro mukofoti (1987)
Veb-sayti ahmed-deedat.net

Ahmed Hoosen Deedat (gujarotcha: અહમદ હુસેન દીદત; urdu: احمد حسین دیدات‎) (1-iyul 1918-yil — 8-avgust 2005-yil)- Janubiy Afrika Respublikasining yozuvchisi va hind millatiga mansub ommaviy notiq edi[1]. U eng yaxshi musulmon missioner sifatida tanilgan, u yevangelist xristianlar bilan dinlararo ommaviy munozaralar, shuningdek Islom, nasroniylik va Injil haqida video-maʼruzalar oʻtkazgan. Didot xalqaro islom missionerlik tashkiloti (IPCI) ni taʼsis etdi va Islom va Nasroniylik haqida bir qancha risolalar yozdi. U ellik yillik missionerlik faoliyati uchun 1987-yilda Qirol Faysal xalqaro mukofotiga sazovor boʻlgan. U Ingliz tilida yozgan va maʼruzalar qilgan.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ahmed Deedat – How It All Began, by Fatima Asmal, Islamic Voice, September 2005