Hindiston Ittifoqi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Hindiston Ittifoqi
ingl. Union of India
Location of Hindiston Ittifoqi
Poytaxt Yangi-Dehli
Rasmiy til(lar) Inglizcha
Hukumat Parlamentar Monarxiya
• Qirol
Georg VI
Luis Mauntbetten
Javaharlal Neru
• Tashkil Topgan
1947-yil 15-avgustdan
• Tugatilgan
1950-yil 26-yanvargacha
Maydon
• Butun
3 159 814 km2
Aholi
• 1950-yilgi roʻyxat
360 185 814 kishi
Pul birligi Hindiston rupiyasi

Hindiston Ittifoqi (ingl. Union of India) — Britaniya parlamenti tomonidan Hindiston mustaqilligi toʻgʻrisidagi qonunning qabul qilinishi (1947-yil 15-avgust) va Britaniya Hindistonining Hindiston Ittifoqi va Pokiston Dominioniga boʻlinishi natijasida tashkil topgan davlat. 1948-yilda “Polo„ maxsus operatsiyasi natijasida Haydarobod knyazligi Hindiston Ittifoqi tarkibiga kirdi.

Hindiston Ittifoqi rahbari Buyuk Britaniya qiroli hisoblangan, lekin aslida hukumatga Bosh vazir Javaharlal Neru boshchilik qilgan. Hindistondagi monarx manfaatlarini hali ham Hindiston general-gubernatori himoya qilgan (u oʻzidan oldingilaridan farqli oʻlaroq, endi vitse-qirol deb atalmagan). Birinchi general-gubernator Luis Mauntbetten, ikkinchi va oxirgisi Chakravarti Rajgopalachariya edi.

1950-yil 26-yanvarda Hindistonning birinchi konstitutsiyasi qabul qilinishi bilan Hindiston Ittifoqi Hindiston Respublikasiga oʻzgartirildi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • Winegard, Timothy C. (2011), Indigenous Peoples of the British Dominions and the First World War, Cambridge University Press, 2-bet, ISBN 978-1-107-01493-0
  • Winegard, Timothy C. (2011), Indigenous Peoples of the British Dominions and the First World War, Cambridge University Press, 2–-bet, ISBN 978-1-107-01493-0
  • Menon, Vapal Pangunni (2015), Transfer of Power in India, Princeton University Press, 264-bet, ISBN 978-1-4008-7937-3