Ahir geveni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Ahir geveni yoki uning ilmiy nomi Astragalus kurdicus, astragaluslar turkumining bir turi[1][2][3]. Bu koʻp yillik buta, endemik oʻsimlik boʻlib, faqatgina Turkiya va Suriyada uchraydi[4][5]. Turkiyada 1400-2900 m balandlikdagi qoyali yonbagʻirlar koʻproq uchrash joyi hisoblanadi[4]. Balandligi taxminan 10-20 cm yetishi mumkin. Pushti yoki binafsha gullari bor, yozda gullaydi[5]. Bu germafrodit oʻsimlik boʻlib, uni asalarilar, kuya va kapalaklar changlatishi mumkin[4].

Oʻsimlik havoning erkin azotini tozalaydi, soyada umuman oʻsmaydi[4]. Qandolatchilikda quyuqlashtiruvchi sifatida ishlatiladigan oʻsimlikdan tragakant deb ataladigan saqich olinadi[4].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Türkiye Bitkileri Listesi // bizimbitkiler.org.tr - Nezahat Gökyiğit Botanik Bahçesi - 2013“. bizimbitkiler.org.tr. 24 kasım 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 kasım 2020.
  2. „Pomza agregası, atık mermer tozu ve kitre katkılı çimento esaslı kompozit malzemenin mühendislik özelliklerinin incelenmesi“. Doktora Tezi. İnş. Yük. Müh. Şermin KOÇYİĞİT. 24 kasım 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 kasım 2020.
  3. „Earth.com“ (İngilizce). Earth.com. 5 aralık 2020da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 kasım 2020.
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 „Astragalus kurdicus - Boiss.“. Plants for a future. 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 kasım 2020.
  5. 5,0 5,1 „Ahır Geveni | Astragalus kurdicus“ (Türkçe). GezenAdam. 19 nisan 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19 kasım 2020.