Kontent qismiga oʻtish

Agriz

Koordinatalari: 56°31′0″N 52°59′0″E / 56.51667°N 52.98333°E / 56.51667; 52.98333
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Agriz

tatarcha: Әgerҗe
shahar
Skyline of Agriz
56°31′0″N 52°59′0″E / 56.51667°N 52.98333°E / 56.51667; 52.98333
Mamlakat Rossiya
Respublika Tatariston
Ilk eslatilishi 1646
Qachondan beri shahar 1939
Maydon 8.6 km2 (3.3 kv mi)
Markazi balandligi 90 m
Iqlim turi moʻtadil
Milliy tarkib tatarlar – 59%, ruslar – 25%, mariylar – 8%, udmurtlar – 6%
Telefon kodi 85551
Pochta indeks(lar)i 422230
Agriz xaritada
Agriz
Agriz
Agriz xaritada
Agriz
Agriz

Agriz (tatarcha: Әgerҗe, Ägerce) – Rossiyaning Tatariston Respublikasidagi shahar. Agriz tumanining maʼmuriy markazi. Agriz tarkibidagi yagona aholi punkti sifatida shahar posyolkasi maqomiga ega boʻlgan munitsipal tuzilmadir[1][2].

Maydoni 8,6 km². Shahar Tataristonning eng shimoli-sharqida, Udmurtiya bilan chegarada, Sarapul togʻining etagida, Agrizka daryosi boʻyida (Ij daryosining kichik irmogʻi, Volga havzasi), Qozondan 304 km sharqda va Ijevskdan 36 km janubda joylashgan.

1646-yildan beri maʼlum. XX asr boshlarida Agrizda volost hukumati joylashgan, maktab va 2 ta masjid boʻlgan. Ijevsk-Votkinsk qoʻzgʻoloni paytida Agriz Ijevsk qoʻzgʻolonchilari tomonidan bosib olingan, 1918-yil oktyabr oyining oxirigacha shahar va uning atrofida qattiq janglar boʻlib oʻtdi. 1920-yilgacha Vyatka guberniyasi Sarapul tumani Agriz volostining markazi boʻlgan. 1921-yildan TASSR Agriz kantonining markazi, 1924-yildan Yelabuga kantoni ijroiya qoʻmitasiga boʻysunuvchi viloyat shahri. 1926-yilda shaharlar roʻyxatidan chiqarildi, 1927-yil 14-fevraldan Agriz viloyatining maʼmuriy markaziga aylandi. 1928-yilda ishchilar posyolkasi toifasiga kirdi, 1938-yil 28-avgustda tumanga boʻysunuvchi shaharga aylantirildi. 1963-yil 1-yanvardan TASSRning maʼmuriy-hududiy boʻlinishi oʻzgarishi munosabati bilan Yelabuga shahar kengashining maʼmuriy boʻysunishida, 1964-yil 4-martdan yana viloyat markazi. Sobiq Krasnobor tumani hududi ham yangi Agriz tumani tarkibiga kirdi.

Milliy tarkibi

2010-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra: tatarlar – 59%, ruslar – 25%, mariylar – 8%, udmurtlar – 6%.

Iqtisodiyot va infratuzilmasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Oziq-ovqat, qurilish materiallari, yogʻochga ishlov berish sanoati korxonalari ishlab turibdi. Bosmaxona, 4 ta oʻrta va bolalar musiqa maktabi, kasb-hunar bilim yurti, muz saroyi, suzish havzasi, stadion, oʻlkashunoslik muzeyi, markaziy viloyat kasalxonasi, temir yoʻl shifoxonasi, 2 ta masjid bor.

Oziq-ovqat sanoati korxonalari („Xlebopischekombinat“ va „Bulgar-ikmek“ MChJ novvoyxonalari, „Agriz MK“ MChJ sariyogʻ-sut zavodi), qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari („Agriz qurilish materiallari zavodi“ MChJ), yogʻochga ishlov berish („MTM“ MChJ), temir yoʻl ustaxonalari kabilar muhim sanoat korxonalari hisoblanadi.

Shahar Qozon, Yekaterinburg, Ijevsk, Akbash temir yoʻllarining Agriz stansiyasi va depo bilan muhim tutashuv markazidadir.

Shaharlararo „Agriz – Naberejnye Chelny“ 628-avtobusi va shahar atrofida „Agriz – Ijevsk/YuAS“ 308-avtobusi qatnab turibdi.