Kontent qismiga oʻtish

Agatha Christie

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Agata Mari Klarissa Miller
Asl ismi inglizcha: Agatha Mary Clarissa Christie
Tavalludi 15-sentyabr 1890-yil
Torki, Devon Grafligi, Angliya
Vafoti 12-yanvar 1976-yil(1976-01-12)
(85 yoshda)
Wallingford, Oxfordshir, Angliya
Taxallusi Agata Kristi
Ijod qilgan tillari Ingliz tili[1]
Fuqaroligi Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Janr Kriminal roman, triller, detektiv, sevgi romanlari
Veb-sayti
agathachristie.com

Agata Mari Klarissa Kristi (inglizcha: Agatha Mary Clarissa Christie) (Angliya 1890–1976) – ingliz yozuvchisi. Detektiv janr ustasi. 85 roman, 20 pyesa va koʻplab hikoyalar muallifi, eng yaxshi asarlarida jinoyat nafaqat dalillar asosida, balki qahramonlarning, chunonchi, belgiyalik izquvar Erkyul Puaroning botiniy tuygʻusi va sezgirligi tufayli ochiladi. Asarlarining katta muvaffaqiyati syujetning qiziqarliligi, yechimning kutilmaganligi hamda personajlarning yorqinligi bilan izohlanadi. Agata Kristining asarlari 103 tilga tarjima qilingan[2].

UNESCO Index Translationumga koʻra, u eng koʻp tarjima qilingan asarlar muallifi hisoblanadi[2]. Uning And Then There Were None romani 100 milliondan koʻp sonda nashr etilib, oʻz davrining eng koʻp sotilgan kitoblar sirasiga kirgan. Kristining The Mousetrap sahna asari dunyo rekordida uzatilgan eng uzun asar boʻlgan. Ushbu sahna asari 1952-yil 25-noyabrda West Endda Ambassadorlar teatrida sahnalashtriligan va 2018-yilga kelib 27 500dan ortiq namoyish etilgan. Teatr 2021-yilda qayta ochilishidan oldin 2020-yilda COVID-19 sababli vaqtinchalikga yopilgan.

Hayoti va faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Agata Meri Klarissa Miller Devon, Torquayda 1890-yil 15-sentyabrda oʻrtahol oilada dunyoga kelgan. Uning ota-onasi Frederik Alvah Miller va Clarissa „Clara“ Margaretning 3ta farzandi boʻlib, Kristi oilada eng kichik farzand boʻlgan[3].

1896-yilda[4] Fredning otasi vafotidan soʻng u Klaraga 2 000 funt (bu 2023-yilda tahminan 230 000 funtga teng) boʻlgan mablagʻ qoldiradi. Ushbu mablagʻ 1881-yilda Torquayda joylashgan Ashfield nomi bilan mashxur villani ijaraga sotib olishga sarflangan.

Kristining soʻzlariga koʻra, u oʻqishni 8 yoshida oʻrganishi kerak emasdi. Shu sababdan ham oʻzining ishtiyoqi sababli oʻqishni toʻrt yoshida oʻrgangan[5]. Uning opasi maktab internatida tahsil olgan, ammo onasi Kristini uyda taʼlim olishini xohlaydi. Shundan soʻng, ota-onasi va opasi uni oʻqish, yozish va boshlangʻich arifmetika hamda uning oʻzi qiziqqan fanlar bilan shugʻullantirishgan.

Kristi kichikligidan kitobga muhabbatli boʻlib oʻsgan. Uning baʼzi yoshlik davridagi xotiralari Mister Molesworth va Edith Nesbit asarlari bilan bogʻliq boʻlgan. Biroz ulgʻaygach esa u Edward Lear va Lewis Carollning afsonaviy ruhdagi asarlariga qiziqqan[6]. Oʻspirinlik davrida Anthony Hope, Walter Scott, Charles Dickens va Alexandre Dumasning asarlaridan zavqlangan[7]. 1901-yil, 10 yoshida Kristi oʻzining „The Cow Slip“ nomli birinchi sheʼrini yozgan[8].

Yurak bilan bogʻliq muammolari sabab 1901-yilda otasining sogʻligʻi yomonlashgan[9]. Oʻsha yili u pnevmoniyadan vafot etgan[10]. Keyinchalik, Kristi uning bolaligi ham otasining oʻlimi bilan yakunlanganini aytgan(u vaqtda Kristi 11 yoshda boʻlgan)[11].

Kristi 18 yoshida oʻzining „The Hosue of Beauty“ nomli birinchi hikoyasini yozgan. Hikoya uni hayratlantirgan mavzu „axmoqlik va orzular“ haqida boʻlib, 6 000 ta soʻzdan iborat edi. Uning biografi Janet Morgan hikoyaga „uslubining muvaffaqqiyatsizligiga qaramasdan hikoya toʻlqinlantiruvchi boʻlib chiqqan“ deya taʼrif bergan[12].

1922-yilda Christilar oilasi Mayor Ernest boshchiligidagi butun dunyo boʻylab Britaniya imperiyasi koʻrgazmasi sayohatiga qoʻshilishadi. Qizini onasi va opasiga qoldirib 10 iy ichida Janubiy Afrika, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Gavayi va Kanadani aylanib chiqgan[13][14].

Angliyaga qaytgach Archie shahardagi ishini tiklaydi va Kiristi ham oʻzining yozuvchilikdagi ishini davom ettirgan. Londandagi bir qancha uylarda istiqomat qilgach, Berkshirning Sunningdale shahridan uy sotib olishgan. Kristining birinchi detektiv romanidagi uydan soʻng uni Styles deb nomlashgan[15].

Kristi 1976-yil 12-yanvarda oʻzining 85 yoshida Winterbook uyida olamdan koʻz yumgan[16][17]. Uning oʻlimidan soʻng West End Martinʼs koʻchasidagi ikkita teatr tashqarisida yozuvchi sharafiga chiroqlarni soʻndirishgan[18]. U Cholsida, cherkov hovlisi yaqinidagi Mariya koʻchasida, 10 yil oldin turmush oʻrtogʻi bilan tanlangan yerda dafn etilgan. Dafn marosimiga 20ga yaqin gazeta va televideniya muxbirlari uzoq yerlardan va hatto Janubiy Amerikadan tashrif buyurishadi. Kristining qabri 30ta gulchambar hamda anchadan beri namoyish etib kelinayotgan The Moustrap dramasini qoʻyib kelayotgan taetr maʼmuriyati va Ulverscroft Large Print Book Publishers tomonidan yuborilgan gulchambar bilan bezalgan[19].

  1. (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. Morgan, Janet P.. Agatha Christie: A Biography. London: HarperCollins, 1984. ISBN 978-0-00-216330-9. Qaraldi: 2020-yil 25-may. 
  4. Death Certificate. General Register Office for England and Wales, 1869 June Quarter, Westbourne, volume 02B, p. 230.
  5. Christie, Agatha. Agatha Christie: An Autobiography. New York City: Dodd, Mead & Company, 1977. ISBN 0-396-07516-9. 
  6. Morgan, Janet P.. Agatha Christie: A Biography. London: HarperCollins, 1984. ISBN 978-0-00-216330-9. Qaraldi: 2020-yil 25-may. 
  7. Christie, Agatha. Agatha Christie: An Autobiography. New York City: Dodd, Mead & Company, 1977. ISBN 0-396-07516-9. 
  8. The Mystery of Agatha Christie – A Trip With David Suchet (Directed by Claire Lewins). Testimony Films (for ITV).
  9. Thompson, Laura (2008), Agatha Christie: An English Mystery, London: Headline Review, ISBN 978-0-7553-1488-1
  10. Death Certificate. General Register Office for England and Wales, 1901 December Quarter, Brentford, volume 3A, p. 71. („Cause of Death. Bright's disease, chronic. Pneumonia. Coma and heart failure.“)
  11. Morgan, Janet P.. Agatha Christie: A Biography. London: HarperCollins, 1984. ISBN 978-0-00-216330-9. Qaraldi: 2020-yil 25-may. 
  12. Morgan, Janet P.. Agatha Christie: A Biography. London: HarperCollins, 1984. ISBN 978-0-00-216330-9. Qaraldi: 2020-yil 25-may. 
  13. Morgan, Janet P.. Agatha Christie: A Biography. London: HarperCollins, 1984. ISBN 978-0-00-216330-9. Qaraldi: 2020-yil 25-may. 
  14. Prichard, Mathew. The Grand Tour: Around The World With The Queen Of Mystery. New York City: HarperCollins Publishers, 2012. ISBN 978-0-06-219122-9. 
  15. Morgan, Janet P.. Agatha Christie: A Biography. London: HarperCollins, 1984. ISBN 978-0-00-216330-9. Qaraldi: 2020-yil 25-may. 
  16. „1976: Crime writer Agatha Christie dies“. BBC on this Day (1976-yil 12-yanvar). 2021-yil 12-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 30-oktyabr.
  17. Deaths. The Times (1976-yil 14-yanvar), s. 26.
  18. Osborne, Charles. The Life and Crimes of Agatha Christie: A Biographical Companion to the Works of Agatha Christie. New York City: St. Martin's Press, 2001. ISBN 0-312-28130-7. 
  19. Yurdan, Marilyn. Oxfordshire Graves and Gravestones. Stroud: The History Press, 2010. ISBN 978-0752452579.