Agatchagʻil togʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Agatchag‘il tog‘idan yoʻnaltirildi)
Jump to navigation Jump to search

Agatchag‘il tog‘iO‘zbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyatidagi Sherobod-Sariqamish tizlasining bir qismi. Oqqapchig‘ay darasidan Ulaynor dovonigacha (22 km ga) cho‘zilgan. Mutlaq balandlik– 1280–1300 m. Agatchagʻil togʻining janubi-sharqiy yon bag‘ri tik va shimoli-g‘arbiy yon bag‘ri esa qiyaroq. Agatchagʻil togʻi zamini bo‘r davrining yashil gil, qumtosh, alevrolit, gips va ohaktoshlaridan, suvayirg‘ich qismi qattiq ohak-toshlardan tuzilgan. Ohaktosh qatlamining baʼzi joylari suvda erib, kichik g‘orlar hosil qilgan. Tog‘ etaklarida quruqsoy ko‘p. Soylarning tagini prolyuviy jinslari qoplagan.[1]

Manbalar[tahrir]

  1. "Agatchagʻil togʻi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil