Afrika jayrasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Afrika jayrasi (lotincha: Atherurus africanus) —  jayralar oilasiga mansub sutemizuvchilar turi. Hayvon koʻpincha ovlanishi va goʻshti uchun isteʼmol qilinishiga qaramay, Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi unga "Eng kam xavfsiraydigan turlar"[1] maqomini bergan.

Tavsifi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrika jayrasi uzunligi 40-50 sm ga yetadi (dumini hisobga olmaganda). Kattalari taxminan 3 kg vaznga ega. Taʼna shakli kalamushnikiga oʻxshaydi, oyoqlari kalta. Ignalari boshqa turlarga qaraganda yengilroq va qisqaroq. Quyrugʻida joylashgan ignalari ingichka boʻlib, choʻtkaga oʻxshab toʻplanadi, bunday joylashuvi dumini harakatlantirganda tovush chiqarishi mumkin.

Tarqalishi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Ular Benin, Kamerun, Kongo Demokratik Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Gabon, Gambiya, Gana, Gvineya, Kot-d’Ivuar , Keniya, Liberiya, Kongo Respublikasi, Senegal, Sierra Leone, Sudan, Tanzaniya, Togo va Ugandada yashaydilar[2].

Hayot tarzi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Afrika jayralari guruhlarda bir necha boʻlib yashaydi. Ularni afrika leopardi va oltin mushuk. Yirtqich hujumga qilganda, jayra ignalarini koʻtaradi (shunday qilib u kattaroq boʻlib tuyuladi), dumini shitirlatib, panjalarini bilan depsinadi. Boshqa turlar singari, afrikalik jayra ham hujum qilgan hayvonga ignalari sanchishga harakat qiladi[3].

Kunlar gʻorlarda va chuqurlarda yashaydi, tunda inidan chiqadi. Ular oʻtxoʻr hisoblanib, oʻsimliklar, ildizlar, gullar va mevalar bilan oziqlanadilar.

Kenja turlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uchta kenja turi maʼlum:

  • Atherurus africanus africanus (Gray, 1842)
  • Atherurus africanus centralis (Thomas, 1895)
  • Atherurus africanus turneri (St. Leger, 1932)

Galereya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „IUCN Red List of Threatened Species“. 28-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-noyabr 2019-yil.
  2. „Описание вида на Biolib“. 17-noyabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 21-noyabr 2019-yil.
  3. Jonathan Kingdon; David Happold; Thomas Butynski; Michael Hoffmann; Meredith Happold; Jan Kalina Mammals of Africa. — A&C Black, 2013. — P. 672—673.