Kontent qismiga oʻtish

Afgʻoniston—Pokiston suv toshqinlari (2024)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Afgʻoniston—Pokiston suv toshqinlari

2024-yilning 6-martidan beri Afgʻoniston va Pokistonda kuchli yomgʻirlar va suv toshqinlari 700 dan ortiq odamning oʻlimi va yana koʻplab insonlarning jarohatlanishiga sabab boʻlmoqda[7][8]. Toshqinlar infratuzilma va qishloq xoʻjaligiga katta zarar yetkazgan[8][9][10].

Zarar va qurbonlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Aprel oyida 23 ta provinsiyada sodir boʻlgan kuchli yomgʻir va suv toshqinlari tufayli 100 dan ortiq kishi halok boʻlgan[1], 54 kishi jarohat olgan. Kamida 2134 ta uy vayron boʻlgan, 10789 ta chorva mollari nobud boʻlgan[11]. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Afgʻonistondagi gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining maʼlum qilishicha, kuchli yomgʻir va suv toshqinlari oqibatida 25 000 dan ortiq oila jabrlangan[1], 1 000 ga yaqin uy zarar koʻrgan[12][13]. Departament matbuot kotibi Janan Sayeqning maʼlum qilishicha, qurbonlar va ayrim zararlarga, asosan, tomning qulashi sabab boʻlgan. 600 km (370 milya) dan ortiq yoʻl va 9271 gektar (22910 akr) qishloq xoʻjaligi yerlari suv ostida qolgan[11][14][15].

Jahon oziq-ovqat dasturining Afgʻonistondagi idorasi maʼlum qilishicha, 10—11-may kunlari sodir boʻlgan suv toshqini 347 kishining hayotiga zomin boʻlgan va 1651 kishi jarohatlangan[2]. Bagʻlon viloyatida 300 kishi halok boʻlgan va yana 100 kishi yaralangan, vayron boʻlgan uylar soni 1000 taga yetgan va yana koʻplari vayrona holatga kelib qolgan[16]. Yangi Bagʻlon tumanida 100 kishi halok boʻlgan, 1500 ta uy zarar koʻrgan[17]. Shuningdek, Burka tumanida 2042 ta uy zararlangan[18] .

Toxar viloyatida 20 kishi halok boʻlgan[19], 80 kishi esa yaralangan, Hirot viloyatida esa uch kishi halok boʻlgan[20]. Toshqin Badaxshon va Gʻoʻr viloyatlariga ham taʼsir koʻrsatgan[21]. 17—18-may kunlari boʻlib oʻtgan toshqinlar oqibatida 150 kishi vafot etgan[4]. Faryob viloyatida 84 kishi oʻlgan, 5 kishi jarohatlangan, 40 kishi bedarak yoʻqolgan, shuningdek 1870 ta uy vayrona holatga kelib qolgan. Gʻoʻrda esa 55 kishi halok boʻlganligi va yuzlab kishilar bedarak yoʻqolganligi maʼlum qilingan. Bu viloyatda 3000 ta uy vayron boʻlgan, yana 6000 tasi kuchli darajada zararlangan[22][3]. Birgina Chagʻcharonda 2000 ta uy vayrona holatga kelib qolgan, 4000 tasi yashash uchun yaroqsiz holatga kelgan, 2000 ta doʻkon esa suv ostida qolib ketgan[23].

6-mart kuni yoqqan kuchli yomgʻir, Svat tumanidagi 40 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan koʻchkinining sababchisi sifatida aytib oʻtilgan[5].

Aprel oyi davomida 3500 dan ortiq uy va 464 ta maktabga zarar yetkazgan qoʻshimcha suv toshqinlari oqibatida yana 99 kishi, jumladan, 44 nafar bola halok boʻlgan, 94 kishi jarohatlangan[6]. Bu hodisa oqibatida eng koʻp zarar koʻrgan viloyat Xaybar Paxtunxva boʻlib, u yerda 64 ta oʻlim holati qayd etilgan, 21 ta oʻlim bilan Panjob va 15 ta oʻlim koʻrsatkichi bilan Balujiston oʻlim soni boʻyicha berilgan roʻyxatda keyingi oʻrinlarda turibdi[6]. Kuchli yomgʻirlar Xayber-Paxtunxva, Balujiston, Panjob hamda Azad Jammu va Kashmirda suv toshqini va elektr quvvatidagi uzilishlarga sabab boʻlgan[9]. Oʻlimlarning asosiy qismi bugʻdoy ekinlarini yigʻib olayotgan dehqonlarni chaqmoq urishi va uylarning qulashi sabab yuzaga kelgan. Bir qancha shaharlarda koʻchalarni suv bosgan. Yogʻingarchilik Islomobodga ham taʼsir koʻrsatgan[24]. Rasmiylar Balujistonda favqulodda holat eʼlon qilgan[25][15].

Bu yilgi yogʻingarchiliklar odatdagidan keskin farq qiladigan ob-havo sababli yuzaga kelgan. Baʼzi ekspertlar sabab sifatida iqlim oʻzgarishini koʻrsatishgan[8][26].

Munosabatlar va qayta tiklanish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokistonning tabiiy ofatlarga qarshi kurash milliy boshqarmasi favqulodda vaziyatlar xizmatlariga yana bir marotaba kuchli yomgʻir yogʻishi kutilayotgani haqida maʼlum qilib, yuqori shay holda turishi kerakligini aytgan. Halok boʻlganlar orasida (aniqlanganlar) 25 nafar bola, 12 nafar erkak va toʻqqiz nafar ayol, yaradorlar orasida 11 nafar ayol, 33 nafar erkak va 16 nafar bola boʻlgan[9]. Pokiston meteorologiya departamenti barcha toʻrt provinsiyada vaqti-vaqti bilan kuchli yomgʻir yogʻishi mumkinligini eʼlon qilgan. Balujiston va Xayber-Paxtunxvada davom etayotgan yomgʻirlar 22-aprelgacha davom etgan[27].

  1. Afgʻonistonda 602+ Pokistonda 130ta
    • 40ta Martda[5]
    • 99ta Aprelda[6]
  2. Afgʻonistonda 1,710+
    • 54ta Aprelda
    • 1,656+ Mayda
    Pokistonda 94ta
  1. 1,0 1,1 1,2 „Another 29 Killed In Afghanistan Rains“. Channels TV (2024-yil 11-may). 2024-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 20-aprel.
  2. 2,0 2,1 OCHA.. „Afghanistan Floods: Flash Update #3 - Floods hit the Northeastern Region of Afghanistan (22 May 2024)“. ReliefWeb (2024-yil 23-may). Qaraldi: 2024-yil 23-may.
  3. 3,0 3,1 „Recent floods leave 540 dead in Afghanistan: UN“. ariananews.af (2024-yil 19-may). Qaraldi: 2024-yil 19-may.
  4. 4,0 4,1 „At least 150 dead as heavy rain triggers flash floods“. Microsoft Start (2024-yil 19-may).
  5. 5,0 5,1 „Northwestern Pakistan landslide: More than 40 killed in heavy rain and snowfall“. Microsoft Start (2024-yil 6-mart). Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  6. 6,0 6,1 6,2 OCHA. „Pakistan: Flash Floods Flash Update No.2 (as of 21 April 2024)“. ReliefWeb (2024-yil 22-aprel). 2024-yil 22-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  7. „Heavy rains and floods kill over 100 across Pakistan and Afghanistan“. Voice of America (2024-yil 16-aprel). 2024-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
  8. 8,0 8,1 8,2 „Weather tracker: rains bring deadly flash floods to Afghanistan and Pakistan“ (2024-yil 19-aprel). 2024-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
  9. 9,0 9,1 9,2 „Massive rains, flash floods kill nearly 100 in Pakistan“. The Express Tribune (2024-yil 20-aprel). 2024-yil 20-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
  10. „Torrential rains claim 3 more lives in KP; death toll rises to 46“ (2024-yil 20-aprel).
  11. 11,0 11,1 „Afghanistan floods death toll climbs to 90“. Kuwait News Agency (2024-yil 23-aprel). 2024-yil 9-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 9-may.
  12. „MSN“. MSN.
  13. „More than 100 killed across Pakistan and Afghanistan as flash floods and heavy rains sweep the region“. 2024-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.
  14. „Dozens killed in Afghanistan as heavy rains set off flash floods“. Al Jazeera (2024-yil 14-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
  15. 15,0 15,1 „Hundreds killed as storms lash Pakistan and Afghanistan“. Al Jazeera (2024-yil 16-aprel). 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 17-aprel.
  16. „Afghanistan floods leave more than 300 dead, thousands homeless, UN says“. France 24 (2024-yil 11-may). 2024-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  17. „Over 200 Dead In Afghanistan Flash Floods In A Single Day“. NDTV (2024-yil 11-may). 2024-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  18. UNOSAT. „Mudflow impact in Burka District, Baghlan Province, Afghanistan as of 14 May 2024 - Imagery Analysis: 14/05/2024 Published 16/05/2024 V2“. ReliefWeb (2024-yil 16-may). Qaraldi: 2024-yil 17-may.
  19. „Afghanistan: Flash floods in Takhar kill 20, injure 80“. Amu TV (2024-yil 11-may). 2024-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  20. „Afghanistan: Floods in Herat kill three, including a child“. Amu TV (2024-yil 11-may). 2024-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  21. „Flash floods kill hundreds in Afghanistan, Taliban says“ (2024-yil 11-may). 2024-yil 11-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 11-may.
  22. „Afghanistan Floods: Flash Update #1 - Floods hit the Northern and Western Regions of Afghanistan (20 May 2024 )“. ReliefWeb (2024-yil 20-may). Qaraldi: 2024-yil 20-may.
  23. „At least 50 killed in heavy rains, floods in Afghanistan’s Ghor province“. Al Jazeera (2024-yil 18-may). Qaraldi: 2024-yil 18-may.
  24. „Lightning, rains kill 36 people in Pakistan“. NPR (2024-yil 15-aprel). 2024-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
  25. „Lightning, rains kill 49 in Pakistan as authorities declare a state of emergency in the southwest“. AP (2024-yil 16-aprel). 2024-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 16-aprel.
  26. „MSN“. MSN.[sayt ishlamaydi]
  27. „Pakistan Flooding, Storms Kill Dozens“. 2024-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 21-aprel.