Kontent qismiga oʻtish

Adham Rahmat

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Adham Rahmat
Tavalludi 9-dekabr 1909
Vafoti 23-fevral 1983
Fuqaroligi SSSR

Adham Rahmat (1909-1983) – yozuvchi.

1909-yilda Qoʻqon shahrida tugʻildi. 1921—1923-yillarda bolalar uyida tarbiyalangan.

1926—1928-yillar orasida Toshkent tibbiyot texnikumida oʻqigan va bir qancha maktablarda oʻqituvchilik qilgan.

1930—1935-yillarda shoir „Yangi Fargʻona“ gazetasida, soʻng Oʻzbekiston yozuvchilari uyushmasining Qoʻqon boʻlimida ishladi. Ulugʻ Vatan urushigacha Oʻzbekiston Davlat nashriyotida, hozirgi "Turkiston" gazetasida hamda Oʻzbekiston radiosining bolalar adabiyoti boʻlimida ishladi.

Shoir Vatan urushi davrida front roʻznomalarida, „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasida adabiy xodim boʻlib ishlagan)[1], soʻngra Oʻzbekiston Davlat badiiy adabiyot nashriyotida muharrirlik qildi.

Adham Rahmatning ijodi 1930-yilda „Yangi Fargʻona“ gazetasida bosilgan „Oq oltin haqida qoʻshiq“ nomli sheʼri bilan boshlandi. Shundan soʻng shoir bolalarga 1939-yilda „Baxtli yoshlik“ nomli birinchi sheʼrlar toʻplamini taqdim etdi. Bu toʻplam oʻndan ortiq sheʼr va ertaklarni oʻz ichiga oladi.

Kitob „Yasha, Vatan!“ sheʼri bilan boshlanadi. Shoir Adham Rahmat birinchi navbatda maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar kuychisi sifatida eʼzozlanadi. Shoirning jajjilarga bagʻishlab yozgan quvnoq sheʼrlari, oʻynoqi qoʻshiqlari, ajoyib-gʻaroyib ertak dostonlari har bir xonadonga, bolalar bogʻchalariga kirib borgan.

„Baxtli yoshlik“ toʻplamida kichik yoshdagi bolalar uchun yozilgan „Keling, qushlar“, „Bizning bogʻchamiz“, „Hayvonot bogʻida“, „Pilla qurti boqamiz“, „Oilamiz“ sheʼrlari, „Qurbaqa“, „Qaldirgʻoch, ilon va beshiktervatar“, „Tulkining hiylasi“ singari ertak-masallari eng xarakterli ahamiyatga egadir.

Bu asarlari bilan shoir maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni qushlar, parrandalar, hayvonlar hayoti, ularning kindalik mashgʻuloti, oziq-ovqati bilan yaqindan tanishtiradi. Masallarni yaratishda shoir xalq ogʻzaki ijodidan oʻrinli foydalanib, ularni bolalar dunyoqarashiga moslashtiradi.

1959-yilda „Mehnat aʼlochisi“ medali bilan taqdirlangan[2].

1975-yilda „Toshkentlik kazak“ hujjatli hikoyasi uchun SSSR davlat mukofoti – „Aleksandr Fadeev“ kumush medali bilan taqdirlangan.

1979-yilda „Sovet adabiyotini rivojlantirishdagi xizmatlari uchun“ Mehnat Qizil Bayroq ordeni bilan taqdirlangan[3].

Nomini abadiylashtirish

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Toshkent shahrining koʻchalaridan biriga Adham Rahmat nomi berilgan.

  1. ↑ Uzbekskaya SSR v godi Velikoy Otechestvennoy voyni. – Tashkent: Fan, 1981. – str. 220
  2. ↑ O nagrajdenii ordenami i medalyami SSSR rabotnikov iskusstva i literaturi Uzbekskoy SSR
  3. ↑ Ukaz Prezidiuma Verxovnogo soveta SSSR ot 20 dekabrya 1979
  1. Toshkent. Ensiklopediya. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat milliy nashriyoti. Toshkent. 2009. – s. 784 (Wayback Machine saytida 2020-02-23 sanasida arxivlangan)
  2. Fotografiya.