Adem Yashari Olimpiya stadioni
Adem Yashari Olimpiya stadioni | |
UEFA | |
Oldingi nomlari | Trepcha/Trepcha stadioni (1999-yilgacha) |
---|---|
Manzili | Mitrovica, Kosovo |
Koordinatalari | 42°52′56″N 20°51′04″E / 42.882101°N 20.850997°E |
Operator | KF Trepcha |
Sigʻimi | 18,500 |
Rekord muxlislar tashrifi | 25,000 |
Maydon oʻlchami | 105 x 68 metr |
Chim turi | Maysa |
Tablo | LED |
Konstruksiya | |
Qurilgan | 1938 |
Ochilgan | 1938 |
Yangilangan | 2014, 2017, 2019-davom etmoqda |
Yopilgan | 2019-davom etmoqda |
Qurilish qiymati | €18,24 million[1] |
Ijarachilar | |
KF Trepcha (1989-yilgacha, 1999-hozirgacha)[2] FK Trepcha (1989-1999) KFF Mitrovica (tanlangan oʻyinlar) Kosovo milliy futbol terma jamoasi (tanlangan oʻyinlar) |
Adem Yashari Olimpiya stadioni (alban: Stadiumi Olimpik Adem Jashari) — Kosovoning Mitrovitsa shahrida joylashgan koʻp maqsadli stadion boʻlib, u asosan futbol oʻyinlari uchun foydalaniladi va 1999-yildan beri Kosovaning KF Trepcha futbol klubining uy maydoni hisoblanadi. Stadion rekonstruksiyadan soʻng 18,500 tomoshabinga moʻljallangan. 1938-yilda qurilgan bu stadion 1999-yilgacha Trepcha stadioni nomi bilan tanilgan[3]. Kosovo urushidan keyin stadion Kosovo ozodlik armiyasi asoschilaridan biri Adem Yashari sharafiga oʻzgartirilgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adem Yashari Olimpiya stadioni tarixan Kosovodagi yirik sanoat majmuasi Trepchaning futbol klubining uy stadioni boʻlgan. 1989-yildan 1999-yilgacha FK Trepcha futbol klubi Kosovo urushigacha stadiondan foydalangan va keyinchalik urush sabab klubni Shimoliy Mitrovitsaga koʻchirishga majbur boʻlgan. KF Trepcha va FK Trepcha ikkalasi ham Yugoslaviya klubining merosiga daʼvo qiladilar. 1999-yildan boshlab KF Trepcha uy oʻyinlarini muntazam ravishda stadionda oʻtkazdi. Bugungi kunga qadar ikkala klub ham bir xil identifikatsiyadan foydalangan holda mavjud, ammo FK Trepcha Serbiya Futbol Assotsiatsiyasi aʼzosi, KF Trepcha esa Kosovo Futbol Federatsiyasi aʼzosi hisoblanadi[4] .
Xalqaro oʻyinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1979-yil 31-oktabrda stadionda Yevro-1980 saralash bosqichi doirasidagi Yugoslaviya va Ruminiya oʻyini oʻtkazildi va oʻyin 2:1 hisobida yakunlandi[5][6]. 2014-yilning 5-martida 35 yildan soʻng FIFA tomonidan ruxsat etilgan birinchi xalqaro oʻyin Kosovoning Gaitiga qarshi bahsi boʻldi va oʻyin 0:0 hisobida yakunlandi[7][8].
# | Sana | Musobaqa | Jamoalar | Hisob | Mux. | Man |
---|---|---|---|---|---|---|
Yugoslaviya (1946—1992) | ||||||
1. | 31-oktyabr, 1979-yil | 1980-yilgi UEFA Yevropa chempionati saralashi | Ruminiya | 2-1 | 24,397 | [5][6] |
Kosovo (2014-yildan) | ||||||
1. | 5-mart, 2014-yil | Oʻrtoqlik oʻyini | Gaiti | 0-0 | 17,000 | [7][8] |
2. | 21-may, 2014-yil | Turkiya | 1-6 | 17,000 | [9][10] | |
3. | 13-noyabr, 2017-yil | Latviya | 4-3 | 5,116 | [11] |
Inauguratsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil 4-iyul kuni taʼmirdan soʻng Farer orollarining Víkingur Gota klubiga qarshi UEFA Chempionlar ligasining 2017—2018-yilgi saralash bahsi boʻlib oʻtdi.
4-iyul, 2017-yil 18:00 |
Trepçaʼ89 | 1-4 | Víkingur Gøta | {{{stadium}}} Tomoshabinlar: 12,000 Hakam: Alexander Harkam |
---|---|---|---|---|
Florent Hasani 65' | Sorin Anghel 37' Perparim Islami 40' (avto) Sølvi Vatnhamar 52', 59' |
|
|
Taʼmirlash ishlari (2024)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2024-yilda stadion toʻliq taʼmirlanadi. Ushbu ishlar Madaniyat, yoshlar va sport ishlari vazirligi (MSYB) tomonidan olib borilmoqda va stadionni UEFAning 4-toifali standartlariga koʻtarishga qaratilgan. Ushbu taʼmirlash xalqaro talablarga javob beradigan va ob’ekt infratuzilmasini yaxshilash uchun muhim yangilanishlarni oʻz ichiga oladi[12][13][14].
Kosovo futbol federatsiyasi (FFK) loyihaning borishi haqidagi yangiliklar bilan oʻrtoqlashdi. FFK tomonidan eʼlon qilingan dron tasvirlari amalga oshirilayotgan ishlarning vizual koʻrinishini taqdim etib, taʼmirlash ishlarining keng qamrovliligini taʼkidlaydi[13][15].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kostoja e rinovimit të stadiumit "Adem Jashari" rritet për 3.2 milionë euro“ (Albanian). Koha Ditore (2023-yil 29-iyun).
- ↑ „A brief history of Kosovo football“. FFK. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Trepça, Trepçës ’89: Historia nuk falet e as nuk mund t’i merret askujt“ (sq). Epoka e Re (2019-yil 3-avgust). Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ James Piotr Montague.. „One City. Two Soccer Clubs Split by War.“. New York Times (2016-yil 26-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 15-may.
- ↑ 5,0 5,1 „Yugoslavia (2–1) Romania“. eu-football.info (1979-yil 31-oktyabr).
- ↑ 6,0 6,1 „Yugoslavia national football team results (1970–79)“. RSSSF.
- ↑ 7,0 7,1 „Kosova e dha provimin, barazoi pa gola me Haitin“ [Kosovo passed the exam, draw without goals with Haiti] (sq). Football Federation of Kosovo (2014-yil 5-mart).
- ↑ 8,0 8,1 „Kosovo footballers draw with Haiti in Mitrovica debut“ (2014-yil 5-mart). Qaraldi: 2014-yil 14-aprel.
- ↑ „Kosova pësoi humbje nga Turqia“ [Kosovo suffered losses from Turkey] (sq). Football Federation of Kosovo (2014-yil 21-may).
- ↑ „Kosovo (1–6) Turkey“. eu-football.info (2014-yil 21-may).
- ↑ „Kosovo (4–3) Latvia“. eu-football.info (2017-yil 13-noyabr).
- ↑ „The Olympic Stadium “Adem Jashari” is being renovated, the works are being carried out with high intensity (VIDEO)“. Kosova Press. Qaraldi: 2024-yil 20-may.
- ↑ 13,0 13,1 n.a.. „FFK publikon pamjet me dron dhe flet për renovimin e stadiumit ‘Adem Jashari’“. Gazeta Olle (2024-yil 12-aprel).
- ↑ n.a.. „Stadiumi Olimpik “Adem Jashari” po rinovohet“. RTV21 (2024-yil 12-aprel).
- ↑ n.a.. „FFK-ja për renovimet në stadiumin “Adem Jashari”: Po punohet shpejt!“. Indeks Online (2024-yil 12-aprel).
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Olympic Stadium Adem Jashari at EU-Football.info