Adam Forshaw

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Adam Forshaw
Forshaw Leeds United futbol klubida 2022-yil
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Adam John Forshaw[1]
Tavallud sanasi 8-oktyabr 1991-yil (1991-10-08) (32 yosh)
Tavallud joyi Liverpool, Angliya
Boʻyi 1.74 m[2]
Ampluasi yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Leeds United
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
2000—2010 Everton
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009—2012 Everton 1 (0)
2012—2014 Brentford 89 (11)
2014—2015 Wigan Athletic 16 (1)
2015—2018 Middlesbrough 92 (2)
2018— Leeds United 71 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2022-yil 4-aprel (utc) uchun)

Adam John Forshaw (talaffuzi: Adam Jon Forshou) (1991-yil 8-oktyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Adam Forshaw Premer-liganing „Leeds Unaited“ futbol klubida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Adam Forshaw oʻz faoliyatini Premer-liganing „Everton“ futbol klubining akademiyasida boshlagan. Adam Forshaw 2013—2014-yilgi mavsumda „Yilning birinchi raqamli oʻyinchisi“ sovrinini qoʻlga kiritgan.

Klublardagi oʻyin faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Everton[tahrir | manbasini tahrirlash]

Adam Forshaw yetti yoshida „Everton“ futbol klubining akademiyasiga qoʻshilgan[3]. 2008—2009-yilgi mavsum boshlanishidan oldin Adam Forshawga asosiy jamoadan joy taklif qilindi[4]. Shundan soʻng, Adam Forshaw klubning asosiy jamoasi safida maydonga tusha boshladi. Adam Forshaw 2008—2009-yilgi mavsumni jarohatlar bilan oʻtkazdi.

Adam Forshaw 2011-yil iyun oyida klub bilan imzolagan shartnoma muddatini yana bir yilga uzaytirdi[5][6]. Keyinchalik Adam Forshawga yangi shartnoma taklif qilinmadi va u 2012-yilning may oyida klubni tark etdi[7].

Brentford[tahrir | manbasini tahrirlash]

2012-yilning 24-fevralida Adam Forshaw Angliya Birinchi ligasi vakili „Brentford“ futbol klubi safiga qoʻshildi[8].

Adam Forshaw 2012-yilning may oyida nomaʼlum toʻlov evaziga ikki yillik shartnoma asosida „Brentford“ futbol klubiga doimiy ravishda qoʻshildi[9]. Adam Forshaw 2012—2013-yilgi mavsumda klub safida 53 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan[10].

Adam Forshaw 2014-yil 1-sentyabr kuni „Brentford“ futbol klubini tark etdi. Adam Forshaw klub jamoasi bilan 100 ta oʻyinda maydonga tushdi va 11ta gol urdi[11][12].

Wigan Athletic[tahrir | manbasini tahrirlash]

2014-yilning 1-sentyabrida Adam Forshaw Angliya chempionati vakili „Wigan Athletic“ futbol klubi jamoasiga toʻrt yillik shartnoma asosida qoʻshildi[13]. Ushbu shartnomadagi toʻlov miqdori taxminan 2,5 million funt sterling edi[14]. Adam Forshaw klub safida 17 oʻyin oʻtkazdi va 2015-yilning 28-yanvarida klubni tark etdi[15][16][17].

Middlesbrough[tahrir | manbasini tahrirlash]

2015-yil 28-yanvarda Adam Forshaw Angliya chempionati vakili „Middlesbrough“ futbol klubi safiga uch yarim yillik shartnoma asosida nomaʼlum toʻlov evaziga qoʻshildi[18][19]. 2014—2015-yilgi mavsumda Adam Forshaw klub safida 20 ta oʻyin oʻtkazdi[20].

Adam Forshaw 2015—2016-yilgi mavsumda 34 ta oʻyin oʻtkazdi va ikkita gol urdi[21]. Bu mavsumda „Middlesbrough“ futbol klubi avtomatik ravishda ikkinchi oʻrin bilan Angliya Premer-ligasiga koʻtarildi[22]. Adam Forshaw klub bilan 2016-yilning avgust oyida yangi toʻrt yillik shartnoma imzoladi va noyabr oyida murabbiy Gareth Southgate tomonidan Angliya milliy futbol terma jamoasiga taklif qilingani haqida xabar berilgandi[23][24][25]. Adam Forshaw 2016—2017-yilgi mavsumda 35 ta oʻyinda maydonga tushdi[26][22].

Adam Forshaw 2017—2018-yilgi mavsumning birinchi yarmida 14 ta oʻyinda maydonga tushdi va 2018-yilning yanvar oyida klubni tark etdi[27][28].

Leeds United[tahrir | manbasini tahrirlash]

2018-yilning 18-yanvarida Adam Forshaw Angliya chempionati vakili „Leeds United“ futbol klubiga 4,5 million funt sterling evaziga oʻtdi va toʻrt yarim yillik shartnoma imzoladi[29].

2018-yilning 30-yanvarida Adam Forshaw "Leeds United" futbol klubi safidagi ilk oʻyinini „Hull City“ futbol klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[30].

Faoliyat statistikasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Klub Mavsum Liga Angliya kubogi Liga kubogi Boshqa Jami
Diviziya Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Everton 2009—2010 Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 1 0 1 0
2010—2011 Angliya Premer-ligasi 1 0 0 0 0 0 1 0
2011—2012 Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0
Jami 1 0 0 0 0 0 1 0 2 0
Brentford 2011—2012 Angliya Birinchi ligasi 7 0 0 0 0 0 7 0
2012—2013[31] Angliya Birinchi ligasi 43 3 6 0 1 0 3 0 53 3
2013—2014[32] Angliya Birinchi ligasi 39 8 1 0 0 0 40 8
Jami 89 11 7 0 1 0 3 0 100 11
Wigan Athletic 2014—2015[33] Angliya chempionati 16 1 1 0 0 0 17 1
Middlesbrough 2014—2015 Angliya chempionati 18 0 2 0 20 0
2015—2016[34] Angliya chempionati 29 2 1 0 4 0 34 2
2016—2017[35] Angliya Premer-ligasi 34 0 0 0 1 0 0 0 35 0
2017—2018[36] Angliya chempionati 11 0 0 0 3 0 0 0 14 0
Jami 92 2 1 0 8 0 2 0 103 2
Leeds United 2017—2018 Angliya chempionati 12 0 0 0 0 0 12 0
2018—2019 Angliya chempionati 30 0 1 0 0 0 1 0 32 0
2019—2020 Angliya chempionati 7 0 0 0 1 0 8 0
2020—2021 Angliya Premer-ligasi 0 0 0 0 0 0 0 0 0 0
2021—2022 Angliya Premer-ligasi 22 0 1 0 3 0 0 0 26 0
Jami 71 0 2 0 4 0 1 0 78 0
Jami 270 14 11 0 13 0 7 0 300 14

Yutuqlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Middlesbrough

  • Angliya futbol ligasi chempioni: 2015—2016

Leeds United

  • EFL chempionati chempioni: 2019—2020[37]

Individual

  • Yilning PFA jamoasi: 2013—2014[38]
  • Angliya Birinchi ligasida yilning eng yaxshi jamoasi: 2013—2014[39]
  • Mavsumning eng yaxshi futbolchisi: 2011—2012[40]
  • Futbol ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi: 2013—2014[41]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Club list of registered players: As at 19th May 2018: Leeds United“. English Football League. Qaraldi: 17-iyun 2018-yil.
  2. „Adam Forshaw: Overview“. Premier League. Qaraldi: 25-iyul 2022-yil.
  3. „Adam Forshaw / Players In Focus / Academy / Club / evertonfc.com – The Official Website of Everton Football Club“. Everton F.C. (19-mart 2014-yil). 2009-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2014-yil.
  4. „Adam Forshaw | Everton Football Club“ (inglizcha). Everton F.C.. 2018-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.
  5. „Adam Forshaw | Everton Football Club“ (inglizcha). Everton F.C.. 2018-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.
  6. „Adam Forshaw Player Profile – ESPN FC – 2011–12“. www.espnfc.co.uk. Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.
  7. „Adam Forshaw | Football Stats | Brentford | Age 22“. Soccer Base. Qaraldi: 19-iyul 2014-yil.
  8. „Everton's Adam Forshaw completes loan move to Brentford“. BBC Sport (24-fevral 2012-yil). Qaraldi: 25-fevral 2012-yil.
  9. „Forshaw Joins Brentford / News Archive / News / evertonfc.com – The Official Website of Everton Football Club“. Everton F.C. (21-may 2012-yil). 2012-yil 24-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-aprel 2014-yil.
  10. „Games played by Adam Forshaw in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 19-iyul 2014-yil.
  11. „Adam Forshaw | Football Stats | Brentford | Age 22“. Soccer Base. Qaraldi: 19-iyul 2014-yil.
  12. „Brentford FC“ (en-gb). Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.[sayt ishlamaydi]
  13. „ADAM FORSHAW SIGNS FOR WIGAN ATHLETIC“ (en-gb). Wigan Athletic F.C. (1-sentabr 2014-yil). 2018-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.
  14. „Forshaw set for Latics exit after just four months“ (inglizcha). Wigan Observer (27-yanvar 2015-yil). 14-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.
  15. „Uwe Rosler: Wigan sack manager after poor start to season“ (inglizcha). BBC Sport (13-noyabr 2014-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.
  16. „ADAM FORSHAW JOINS MIDDLESBROUGH“ (en-gb). Wigan Athletic F.C. (28-yanvar 2015-yil). 2018-yil 14-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.
  17. „Games played by Adam Forshaw in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  18. „Middlesbrough FC have signed Wigan Athletic midfielder Adam Forshaw during the January transfer window | Middlesbrough FC“ (inglizcha). Middlesbrough F.C.. Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.
  19. Taylor, Jonathon. „Wolves target Adam Forshaw as Boro players attract interest“. gazettelive (29-iyul 2016-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.
  20. „Games played by Adam Forshaw in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  21. „Games played by Adam Forshaw in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  22. 22,0 22,1 „Football Club History Database – Middlesbrough“. fchd.info. Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.
  23. „Adam Forshaw Signs Contract Extension With Boro“ (inglizcha). Middlesbrough F.C. (26-avgust 2016-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.
  24. Laws, Matt. „Middlesbrough's Adam Forshaw assessed for surprise England call-up by Gareth Southgate“. The Daily Telegraph (2-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 2-noyabr 2016-yil.
  25. Vickers, Anthony. „Middlesbrough's Adam Forshaw assessed for surprise England call-up by Gareth Southgate“. Gazette (10-noyabr 2016-yil). Qaraldi: 10-noyabr 2016-yil.
  26. „Games played by Adam Forshaw in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  27. „Games played by Adam Forshaw in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  28. „WHITES COMPLETE ADAM FORSHAW SIGNING“. Leeds United F.C. (18-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2018-yil.
  29. Sobot, Lee. „Done Deal: Adam Forshaw joins Leeds United in £4.5m deal from Middlesbrough“. Yorkshire Evening Post (18-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 18-yanvar 2018-yil.
  30. „Hull 0 Leeds 0“. Leeds United F.C. (30-yanvar 2018-yil). Qaraldi: 30-yanvar 2018-yil.
  31. „Games played by Adam Forshaw in 2012/2013“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 19-iyul 2014-yil.
  32. „Games played by Adam Forshaw in 2013/2014“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 19-iyul 2014-yil.
  33. „Games played by Adam Forshaw in 2014/2015“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  34. „Games played by Adam Forshaw in 2015/2016“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  35. „Games played by Adam Forshaw in 2016/2017“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  36. „Games played by Adam Forshaw in 2017/2018“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 10-iyul 2019-yil.
  37. „Leeds United are champions!“. Leeds United F.C. (18-iyul 2020-yil). Qaraldi: 9-avgust 2020-yil.
  38. „Luis Suarez: Liverpool striker wins PFA Player of the Year award“. BBC Sport (28-aprel 2014-yil). Qaraldi: 23-may 2018-yil.
  39. Wickham. „BRENTFORD FC ROLL OF HONOUR 2013/14“ (en-gb). Brentford F.C. (4-iyun 2014-yil). Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil. [sayt ishlamaydi]
  40. „Everton FC reserve player of the season Adam Forshaw makes permanent move to League One side Brentford“. Liverpool Echo (21-may 2012-yil). Qaraldi: 27-avgust 2014-yil.
  41. Wickham. „ADAM FORSHAW WINS LEAGUE ONE AWARD“ (en-gb). Brentford F.C. (16-mart 2014-yil). 2022-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2018-yil.