Abulhasan Bujayriy Xushufag'oniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Abulhasan Bujayriy Xushufagʻoniy (arabcha: أبو الحسن بجيري خوشوفغاني — Abulhasan Muhammad ibn Umar Bujayriy Xushufagʻoniy) — roviy.


Abulhasan Bujayriy Xushufagʻoniy muhaddis Abu Hafs Bujayriyning oʻgʻli boʻlib, Bujayrilar silsilasiga mansubdir.

Ustozi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abulhasan Bujayriy Xushufagʻoniy hadis ilmi sir-asrorlarini otasi Abu Hafs Bujayriydan oʻrgan va hadis rivoyat qilgan. Oʻz navbatida Abulhasan Bujayriydan koʻplab allomalar hadis rivoyat qilgan[1].

Vafoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

Abdulloh Abdulhamid Saadning „Oʻrta Osiyo olimlari qomusi“da keltirilishicha Abulhasan Bujayriy hijriy 345 yil rabiʼ al-avval (milodiy 956 yil iyun) oyida vafot etgan[2].

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. 58.
  2. Qarang: Abdulloh Abdulhamid Saad. Oʻrta Osiyo olimlari qomusi. — T.: Imom Buxoriy respublika ilmiy-maʼrifiy markazi nashriyoti, 2007. 108.